Afsuski, o'zini jamoat ishidan chetga tutuvchi, o‘zingni bil,
o‘zgani qo‘y tarzida ish ko‘ruvchi, davlat mulkiga
o'z
rnulki deb
qaraydigan kishilar ham uchraydi. Masalan, ba’zilar kitoblarni,
jumladan kutubxonalardan olingan kitoblarni toza tutmaydilar,
ayrim
sahifalarini yirtib oladigan, siyoh bilan so‘zlarning tagiga
chizadilar, varaqlarini buklab qo‘yadilar. Bunday hoi stol, stullardan
foydalanishda ham yuz beradi. Ularga siyohlar bilan turli yozuvlar
yoziladi, ba’zan pichoq bilan o‘yib yozish, rasm chizish holatlari
ham uchraydi. Bularning hammasiga talaba yoki o‘qituvchining
ma’naviy qiyofasida eskilik sarqitlarining mavjudligidan dalolat
beradi. Ba'zan tarbiyachi muallimlar ham bunday kishilarni to'g‘ri
yo‘lga sololmaydilar, ularga tanbeh bermaydilar. Bunday nojo‘ya
ishlarni
qilganlar ham, ularni ko'rib, ko‘rmaslikka olgan kishilar
ham aybdordirlar. Chunki har bir buyum inson mehnatining mevasi
bo‘lib, ular uchun yaratilgandir. Ularni talabalar ko‘z qorachig‘idek
saqlashlari, tarbiyachilari esa ularga ko‘z quloq bo‘lib turishlari
lozim.
0 ‘zbek xalqi doimo ozodalikni yaxshi ко’radi. Chunki ozodalik
salomatlik garovidir. Lekin bunga rioya qilmaslik hollari ham
uchraydi. Bunga o‘quv xonalariga yoki bino koridoriga (yoiaklari,
auditoriyalarga, ma’ruza zallariga) qog‘oz yirtib tashlash, loy oyoq
kiyimi
bilan kirib kelish, tamaki chiqindilari va turli qog‘ozlarni
to'g'ri kelgan joyga tashlab ketaverishni misol tariqasida keltirish
kifoyadir. Bunga tarbiyachilar va jamoat tashkilotlaridagi ayrim
kishilarning murosa bilan munosabatda boiishlari ham salbiy holdir.
Ayniqsa, kasaba qo‘mitasi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
hamda gruppaga birikitirilgan rahbarlar bunday shaxslarni o‘z
vaqtida ogohlantirishlari, tanbeh berishlari, zarur bo‘lganda tegishli
chora ko‘rishlari lozim.
Kamtarlik o‘zi bajargan ishni bo‘rttirib ko'rsatmaslikka, gerdayib
ketmaslikka, muvaffaqiyatlaridan esankiramaslikka,
yutuqlar bilan
ortiqcha mag'rurlanmaslikka intilishda ifodalanadi. Kamtar kishi
o‘z-o‘zini tanqid asosida ish tutadi, u avvalo o'ziga talabchan bo‘Iadi,
o‘z muvaffaqiyatlarini xolis baholay biladi.
17
Mehnatda erishgan yutuqlariga mahliyo bo‘lib qolmasdan, yangi-
yangi mehnat zafarlariga otlanadi. Kamtar kishi omma, jamoa bilan
doimo birgalikda ish olib boradi. U o‘z muvaffaqiyatlarini avvalo
umumiy ish bilan bog‘laydi. Jamoaning yutug‘i umum xalq ishining
boTagi deb hisoblaydi.
Kishilardagi xushmuomalalik,
oddiy kiyinish, ortiqcha yasan-
tusanga berilib ketmaslik, samimiy kulgu, yurish-turishlari,
harakatlari ham ularning axloq madaniyatlari bilan bevosita
bogiiqdir.
Halqimizning moddiy va ma’naviy tomondan yuksak darajaga
ko'tarilishi, ularning odob-axloq madaniyati taraqqiyoti uchun
davlatimiz doimo g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.
Hozirga qadar eski jamiyat sarqiti
sifatida ayrim shaxslarda
uchrab
turuvchi
ba’zi
ko‘ngilsiz
v o q e a la r-o ‘z
manfaatini
o‘ylash, xushmuomalalikni unutib qo‘yish, mehnatga sidqidildan
munosabatda bo‘lmaslik, o‘z bilim saviyasini oshirib bormaslik,
davlat va jamoat mulkini ko'z qorachig‘idek asramaslik, urug'chilik.
qavm-qarindoshlikka moyil bo‘lish, o‘rtoqlariga nisbatan hamma
vaqt samimiy bo‘lmaslik holatlari tobora barham topmoqda,
yaqin kelajakda bunday yaramas xususiyatlar butunlay yo‘qolib
ketishi shak-shubhasizdir. Buning uchun sohadagi ishlarni yanada
kuchaytirish lozim.
Dostları ilə paylaş: