T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/58
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#158688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
baxt; Lyudovik XIV; umumfuqarolik etiketi; saroy etiketi; 
diplomatik etiket; harbiy etiket; Biznes–etiket. 
Nazorat savollari:
1.
Odamlar bir–birlaridan ajralgan holda yashay oladilarmi, sizning 
fikringiz qanday? 
2.
Etiket – bu nima va kim tufayli ushbu tushuncha qabul qilingan? 
3.
Umumfuqarolik etiketi deganda nimani tushunasiz va nima uchun u 
umumuqarolik deb ataladi? 
4.
Saroy va diplomatik etiket qoidalari kimlarga taalluqli? 
5.
Harbiy etiketga kimlar itoat qilishlari lozim? 
6.
Biznes–etiket qaysi qoidalarni o’z ichiga oladi? 
7.
Nima uchun biznesmenlar biznes–etiket va umumfuqarolik etiketi 
qoidalarini yaxshi bilishlari kerak? 
2.2.Etiket qoidalari va ularning biznesmenlar uchun ahamiyati 
Inson jamiyat mahsuli hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, u 
boshqalardan ajralgan holda hyech qachon va hyech qayerda yashay 
olmaydi, baxtli bo’laolmaydi. Shu boisdan ham “odam odam bilan tirik” 
deb bekorga aytilmagan. Halq tajribasiga asoslangan bu ibora juda ham 
chuqur ma’noga ega, chunki odamlar bir–birlari bilan gaplashmasa, 
o’zlarining xursandchiliklarini, his–tuyg’ularini va g’am–g’ussalarini 
boshqalar bilan baham ko’rmasa, ular yashay olmaydilar. 
Munosabatga tushish orqali odamlar o’z fikrlarini, atrof–muhitga, 
voqyea va hodisalarga hamda boshqalarga bo’lgan munosabatlarini 
bildirishadi. Bundan tashqari odamlar bir–birlari bilan muloqot qilish 
jarayonida sodir bo’layotgan voqyealar va hodisalar, boshqa masalalar, 
hatto o’ziga bo’lgan izzat–hurmat darajasi to’g’risida ma’lumotlar oladi, 
ya’ni o’zining qiziqishlari bo’yicha ma’lumotlarga bo’lgan talabini 
qondiradi. Boshqalar bilan munosabatga tushishning eng muhim 
tomonlaridan biri yana shundan iboratki, odam ijobiy energiya oladi, uning 


13 
kayfiyati yaxshilanadi, hayotga va o’z kasbiga bo’lgan qiziqishi yanada 
oshadi. Shuning uchun ham odamlar azaldan bir–birlari bilan yaxshi 
munosabatda bo’lishga va yaqin yashashga harakat qilishib kelishgan. 
Odamlarning bir jamiyatda tinch–totuv yashashining va turli 
sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishining aosida ming yillar 
davomida shakllangan va ushbu jamiyatda qabul qilingan urf–odat 
qoidalari (bir–birlari bilan muloqotga tushish, yurish–turish va turli 
vaziyatlarda o’zini tutish) va rasm–rusumlarga itoat qilish yotadi. Bugungi 
kunda har bir soha xodimlari uchun etiket qoidalari shakllangan va 
ularning hayotida katta o’rin tutadi.
Xizmat turlari doiralarida xizmat etiketiga amal qilinadi. Xizmat 
etiketi umumfuqarolik etiketining bir turi hisoblanib, xizmat ko’rsatish va 
ishlab chiqarish sohalarida faoliyat qiladigan xodimlarning turli 
vaziyatlarda uchrashuvlarida munosabatga tushish, yurish–turish va 
kiyinish qoidalarini o’z ichiga oladi. 
Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes 
faoliyatida itoat qilinishi kerak bo’lgan qoidalar majmuidan iborat. 
Biznes–etiket qoidalari biznesmen uchun o’ta katta ahamiyatga ega. Ularni 
o’rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi 
hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati 
muvaffaqiyatli bo’ladi. Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning 
natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan 
biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, 
faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo’lavermaydi. Shu sababli ham o’zini 
madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan 
boshlab butun umri bo’yicha o’rganishadi. Hozirgi vaqtda etiket qoidalari 
boshlang’ich maktabdan boshlab o’rganiladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin