101
5.
Sardoqli baliq, keta va semga kabi baliq go’shtlari umumiy tarelkadan
qanday olinadi va qaysi isntrument yordamida kichik bo’lakchalarga
bo’linadi?
6. Murabbo, povidlo va jem kabi shirinliklarni umumiy idishdan olishda
qaysi umumiy instrumentlardan foydalaniladi va qanday iste’mol qilinadi?
12.8. Ho’l mevalarni iste’mol qilish qoidalari
Mehmondo’stlik ziyofatlarida va restoranlarda ho’l mevalar desert
taom o’rnida beriladi. Ular o’zlarining nafis ranglari, shakllari va xushbuy
hidlari bilan stol atrofida o’tirganlarning kayfiyatini yaxshilaydi va bazm
yoki ovqatlanish jarayonining yaxshi kechishiga imkoniyat yaratadi.
Shuning uchun ham mevalar stolni bezashda gazaklar bilan birga qo’yiladi
va ularga ovqatlanish stoli dizaynining asosiy
elementlaridan biri deb
qaraladi.
Mevalar ham nafis idishlarga 4–6 kishiga mo’ljallab chiroyli qilib
qo’yiladi. Ularning ba’zi birlariga, ayniqsa kichik va shirador mevalarga,
xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z laganchalariga olishlari uchun
umumiy instrumentlar beriladi. Usti quruq va kattaroq o’lchamli
mevalar
xo’randa va mehmonlar tomonidan o’z tarelkalariga qo’l bilan olinadi.
Shaxsiy tarelkalarga olingan mevalarni iste’mol qilishdan oldin
ularning aksariyatiga mehmon tomonidan qo’shimcha ishlov beriladi.
Ho’l mevalarni iste’mol qilishning o’ziga xos xususiyatlari ham
qo’shimcha ishlov berishdan va ularning danak va urug’larini likopcha
yoki laganga olib qo’yishdan iborat. Ushbu bandda ba’zi bir urug’li va
danakli mevalarni yevropacha qoida bo’yicha iste’mol qilishning o’ziga
xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan.
Olma, nok kabi katta o’lchamli urug’li mevalar shaxsiy tarelkalarga
qo’l bilan olinadi va iste’mol qilishdan oldin ularga qo’shimcha
ishlov
berishda individual pichoq va sanchqilardan foydalaniladi. Uning uchun
desert laganchalar ustida desert pichoq yordamida to’rt bo’lakka bo’linadi
va urug’i urug’doni bilan olinib tashlanadi. Keyin har bir bo’lakchasi
po’stlog’idan tozalanadi va kichik bo’lakchalarga bo’linadi. Bo’lakchalar
sanchiqi yordamida olib iste’mol qilinadi.
Sitrus mevalari ham umumiy idishdan individual laganchalarga qo’l
bilan olinadi va keyin ularga qo’shimcha ishlov beriladi. Uning uchun
apelsin mevasining ustidagi po’sti desert pichoq yordamida aylana
shaklida kesib olinadi va kesilgan tomonidan pastga qaratib pichoq bilan
kesiklar qilinadi. Keyin esa qo’l va pichoq yordamida pusti olib tashlanadi
102
va pallachalarga ajratiladi. Pallachalar esa qo’l yordamida olib iste’mol
qilinadi. Mandarin esa qo’l yordamida
shaxsiy desert lagan ustida
po’stlog’idan tozalanadi va pallalarga ajratiladi. Ular pallalari ham qo’l
yordamida olib iste’mol qilinadi. Limonning po’stlog’i ham desert
lagancha ustida qo’l bilan tozalanadi. Keyin shaxsiy desert pichoq bilan
bo’lakchalarga kesiladi va desert sanchqi yordamida olib iste’mol qilinadi.
O’rik, shaftoli va olxo’ri kabi danakli mevalar ham umumiy
idishlardan shaxsiy desert laganchalarga qo’l bilan olinadi. Keyin mevalar
chizig’i bo’yicha kesik qilinadi va qo’l yordamida ikki pallaga ajratilib,
danaklari olib tashlanadi. Danaksiz meva pallalari qo’l bilan olib iste’mol
qilinadi.
Anor ham umumiy idishlardan qo’l bilan olinadi.
Keyin shaxsiy
desert lagan ustida, xuddi mandarindek, po’stlog’idan aylana kesib olinadi
ko’ringan qatlam bo’yicha pastga qaratib anorning po’stlog’i
donachalarigacha kesiladi va ikki qo’l yordamida anor mevasi po’stlog’i
bilan pallalarga bo’linadi. Pallalarga bo’lingan anor donachalari qo’l bilan
olib iste’mol qilinadi.
Amalda qabul qilingan etiket qoidalariga ko’ra mayda danakli,
urug’li va urug’siz mevalar (gilos, olvoli, tut, qulupnay kabilar) umumiy
idishlardan asosan umumiy instrumentlar yordamida olingandan keyin
shaxsiy laganchadan shaxsiy desert qoshiq bilan olib iste’mol qilinadi.
Mevalar danagi va urug’i yutilmasligi va desert laganchasining bir
chekkasiga chiqarib qo’yilishi kerak.
Uning uchun, boshqalarga
sezdirmasdan ular og’izdan desert qoshig’iga olinadi va maxsus yoki
umumiy desert laganchasining bir chekkasiga qo’yiladi.
Yevropa mamlakatlari restoranlarida qovun va tarvuz etlari
xo’randalarga po’choqsiz beriladi. Iste’molchi o’zining desert pichog’i
yordamida tarvuzning urug’larini etidan ajratib olib tashlaydi. Tarvuz eti
va qovun desert lagancha ustida mayda bo’lakchalarga kesiladi.
Keyin
desert sanchqi yordamida iste’mol qilinadi.
Ma’lumki,
Markaziy
Osiyo
respublikalari
restoranlarida
mehmondo’stlik ziyofatlarida qovun va tarvuzlar bo’lakchalarga bo’linib,
po’chog’i bilan beriladi. Bunday hollarda ham ularning eti desert sanchqi
yordamida iste’mol qilinadi.
Dostları ilə paylaş: