28
4.4.2. Ayol biznesmenlar ish kiyimlarini tanlashga va kiyilishiga
qo’yiladigan talablar
Kostyum kiyib faoliyat qilishga ruxsat berilgan biznes korxonalarida
ayol biznesmenlarning asosiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. Ayol
biznesmenlarning kostyumini tanlashda uning materialiga, rangiga va
bichilib–tikilishiga katta e’tibor berilishi lozim.
Ularning kostyumlari
g’ijimlanmaydigan materialdan tikilgan bo’lishi kerak. Ayol biznesmenlar
uchun yevropacha etiket qoidalariga ko’ra yuqori sifatli qora, to’q - ko’k,
kulrang va kul – jigar rangli kostyumlar va pidjak tavsiya qilinadi.
Biznesmen ayollar kostyumi bluzka bilan kiyiladi. Uning
rangi
monoton bo’lib, kostyum rangiga to’g’ri kelishi kerak. Qora va to’q - ko’k
kostyum oq, ochiq rangli kostyumlar esa qora yoki ochiq rangli bluzkalar
bilan kiyiladi.
Agar biznes korxonada qora yoki to’q - ko’k rangli uzun ko’ynak
yoki yubka ish kiyimi sifatida qabul qilingan bo’lsa, ko’ynak oq–qora
rangli sharf, yubka esa yengi uzun oppoq bluzka yoki yengi uzun oq
ko’ylak bilan kiyiladi.
Amalda qabul qilingan biznes–etiket qoidalariga ko’ra yoqasi chuqur
o’yilgan uzun ko’ylak (dekolte) kiyib ishga kelish mumkin emas,
chunki
bunday ko’ylak yoqasidan byustgalter yelka bog’lari ko’rinib turadi.
Xuddi shuningdek, tagidan qorni ko’rinib turadigan kalta bluzkaga
o’xshagan kiyimlarni kiyib ishlash biznes faoliyatida umuman man
qilingan.
Ma’lumki, yubka uzunligi u sohibining ichki ma’naviyati va
faoliyati-ning yo’nalishi bilan bog’liq bo’ladi.
Lekin biznesda ishda
kiyiladigan yubka uzunligiga yagona talab qo’yiladi, u ham bo’lsa, uning
uzunligi tizza ko’zidan baland, oyoq boldirining o’rtasidan past
bo’lmasligi kerak. Demak, biznes faoliyatida kalta yubka kiyib ishlashga
ruxsat berilmaydi..
Yana shuni e’tiborga olish kerakki, kiyiladigan uzun ko’ylak yoki
yubka gavdaga yopishib turadigan, ya’ni tor, bo’lmasligi kerak, chunki tor
kiyim tagidan ich kiyim shakli, ba’zan rangi yaqqol ko’zga
tashlanib
turadi.
Biznesmen ayollarning ishda kiyishi kerak bo’lgan oyoq kiyimiga
ham qat’iy talab qo’yiladi: birinchidan, oyoq kiyimi natural charmdan
tikilgan, rangi esa qora, to’q ko’k, jigar – kulrang va natural charm rangi
tusida bo’lishi mumkin; ikkinchidan ayol biznesmenlar oyoq kiyimlarining
rangi ham kostyum, uzun ko’ylak yoki yubka rangiga qarab tanlanadi.
29
Yevropacha biznes tajribasida ayol biznesmenlar uchun poshnasining
balandligi 5.0 dan 7.5 sm gacha bo’lgan tufli – kemacha tavsiya qilinadi.
Har qanday vaziyatda ham uy va sport oyoq kiyimlarini kiyib biznes
faoliyatini ko’rsatish man etiladi.
Ayol biznesmenlar imijini shakllantirishda
ishining tez va ijobiy
bo’lishida taqinchoqlarining ahamiyati juda ham katta. Shu sababli ham
taqinchoqlar katta mahorat va zehn bilan tanlanishi kerak. Bundan oldin
ta’kidlanganidek, birinchidan, ular o’z
sohibining husnini yanada
go’zallashtirishi, ikkinchidan esa suhbatdoshning diqqatini yaqqol
tortmasligi kerak. Katta va yarqiroq taqinchoqlar suhbatdoshning diqqatini
darrov o’ziga tortadigan bo’ladi, natijada suhbat obyektiga kam e’tibor
beriladi, hatto masala yechilmay ham qolishi mumkin.
Biznesmen ayollar uchun duxi va labiga surtiladigan pomada ham
katta ahamiyatga ega. Duxi yoqimli va uning hidi suhbatdosh duxisi yoki
odekolonining
hididan
baland bo’lmasligi,
pomada
esa,
xuddi
taqinchoqlardek, yarqiragan va yaqqol ko’zga tashlanadigan bo’lmasligi
kerak.
Dostları ilə paylaş: