Т1- laboratoriya ishi



Yüklə 362 Kb.
səhifə1/6
tarix06.02.2023
ölçüsü362 Kb.
#83111
  1   2   3   4   5   6
Т1 2015


Т1- laboratoriya ishi


Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish


1. Ishni bajarishdan maqsadi

1. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.


2. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash.
3. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish.
4. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash.
5. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.


2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar

1. Transformator tashqi ko‘rikdan o‘tkazilsin va pasportida ko‘rsatilgan ma’lumotlar hamda chulg‘amlar qarshiliklari hisobot daftariga yozilsin.


2. Transformatsiyalash koeffitsiyenti topilsin, salt ishlash tavsiflari Io,Po,coso=f (Uo) ni qurish uchun ma’lumotlar (1.1-jadvalda) yozib olinsin.
3. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib salt ishlash parametrlari ro, Zo, Xo va salt ishlash toki Io aniqlansin.
4. Qisqa tutashuv tavsiflari Ist,Pst,cosst=f(Ust) ni qurish uchun ma’lumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.
5. Tajriba ma’lumotlaridan foydalanib qisqa tutashuv parametrlari rst,Zst, Xst,Ust aniqlansin.


3. Ishni bajarishga oid qisqacha nazariy tushunchalar

Transformator bu statik elеktromagnit uskuna bo‘lib, birlamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasini ikkilamchi o‘zgaruvchan tok sistеmasiga aylantirib bеradi. Bunda chastota o‘zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar kiradi. Yordamchi qismlarga bak, kеngaytirgich, gaz rеlyesi, idish qopqog‘i, radiatorlar, tеrmosifon filtri, yog‘ sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, ko‘targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolatorlar, tozalagich va boshqalar kiradi. Transformatorning ish davrida hosil bo‘ladigan uyurma toklarini kеskin kamaytirish maqsadida uning magnit o‘tkazgichi bir-biridan izolatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo‘lgan elеktrotеxnik po‘lat tunikachalardan yig‘iladi. Transformator chulg‘amlari yasalishida izolatsiyalangan mis va aluminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolatsiya vazifasini bajaradi. Transformatorlarning tasnifi. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar. Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo‘linadi.


Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformator kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bo‘lgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bo‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun, yohud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlar umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali (sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra – ikki, uch va ko‘p chulg‘amli turlarga bo‘linadi. Agar transformatorning har fazasida uchta yuqori kuchlanishli (YuK), o‘rta kuchlanishli (O‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg‘amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg‘amli transformator deyiladi. Agar transformatorda U1N < U2N bo‘lsa oshiruvchi, U1N > U2N bo‘lganida esa – pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Elektr energiyani transformatorning qaysi chulg‘amiga berilishiga qarab transformatorni oshiruvchi yoki pasaytiruvchi sifatida foydalanish mumkinligi uning qaytarlik xossasidir. Nominal quvvati va kuchlanishlariga bog‘liq ravishda kuch transformatorlari va avtotransformatorlar gabaritlarga ajratiladi.

Yüklə 362 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin