Tabiat bilan tanishtirish dasturining mohiyati


va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə3/4
tarix16.06.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#131138
1   2   3   4
dastur

va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan.


6. Tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining o‘rni Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tu-shunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi, eng avvalo, o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga
ega bo‘lmog‘i lozim. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bolajon» tayanch dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi zarur.
Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o‘simliklar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchilar bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o‘rganib, ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.

Bolalar bog‘chasida va oilada yer maydonchasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati Bolalar bog‘chasidagi yer maydonchasi – bu bolalar uchun o‘yin, sayr, mashg‘ulot o‘tkazish mumkin bo‘lgan joy bo‘lib hisoblanadi. Kuzda, qishda va bahorda bolalar ko‘p vaqtlarini yer maydonchasida o‘tkazadigan, yozda kun mobaynida vaqtlarini o‘sha yerda o‘kazishlari mumkin bo‘ladi.


Yer maydonchasida bolalarning sezgi organlari rivojlanib boradi, bolalar o‘z ko‘zlari bilan tabiatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, kuzatib, tahlil qilib boradilar. Yer maydonchasida ishlash orqali gulzorda, bog‘da, polizda bolalar jamoa bo‘lib ishlashga hamda ba’zi mehnat qilish qobiliyatlarini o‘stirib boradilar. O‘z mehnatlari orqali mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatlari ortib boradi va berilgan
vazifani bajarish majburiyatini his qilishga o‘rganadilar. Yer maydonchasida bolalar yil fasllaridagi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘rganib, kuzatib boradilar hamda uzoq va qisqa muddatli kuzatishlar tashkil etadilar. Natijada o‘simlik va hayvonlardagi o‘zgarishlarni ko‘radilar. Ularning
dunyoqarashi kengayadi, dunyoviy bilimlari oshib boradi, tabiatni asrashga va undan oqilona foydalanishga o‘rgatib boriladi. Yer maydonchasi – bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan va mehnat tashkil etiladigan joy bo‘lib hisoblanadi. O‘yinlar orqali bolalarni tabiat haqidagi bilimlari
mustahkamlanadi. Yer maydonchasiga manzarali o‘simliklarni tanlashda MTM joylashgan yerining geografik sharoiti va o‘simliklarning biologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Sayr vaqtida tabiat hodisalaridagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatadilar. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida bolalar uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni bir-biridan farqlaydigan, solishtiradigan bo‘ladilar. Mashg‘ulotlar orqali bolalarda fikrlash, o‘ylash hamda o‘simlik va hayvonlar haqidagi tushunchalar ortib boradi. Kuzatishlar davomida bolalar ongida shunday tushuncha hosil qilish kerakki, qancha mehnat sarf qilinsa, shuncha
ko‘p hosil olish mumkin. Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson bo‘lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o‘tzor bo‘lsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Yer maydonchasini to‘g‘ri tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir-biridan jonli devor bilan ajratib qo‘yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devor- lar (izgored) yaxshi natija beradi. Daraxt va izgoredlarni o‘stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o‘rgatib boradi. Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash, manzarali o‘simliklardan o‘tqazish va undan estetik zavq olishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Mevali daraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o‘stirib yetishtiriladi.Bularga olma, nok, olcha, olxo‘ri daraxtlari misol bo‘ladi. Yer maydonchasining atrofi past, chiroyli o‘simliklar bilan o‘raladi. Bularga navro‘zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo‘yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan, shovqindan asraydi.Yer maydonchasida daraxt va butalarni o‘stirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Ular bolalarga estetik zavq, soya- salqin berib turadi.Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib, zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi. Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o‘ralgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yer maydonchasiyo‘lkasining kengligi 1–2 metr bo‘lishi kerak, bu o‘simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariqchalarning orasi 50–60 sm bo‘lishi kerak. Yer maydonchasida mehnat qilish uchun lopatkachalar temirining qalinligi 1–2 mm, chelakcha yoki chilopchinlar, cho‘nqirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan bo‘yalgan, axlatlarni tashishga esa kichkinagina doskacha yoki chelak-cha bo‘lishi kerak. Barcha ishlar qilib bo‘linganidan so‘ng mehnat qurollariniyaxshilab yuvib, quritib, joyiga osib qo‘yish zarur. MTM va oilada bolalarning boshlang‘ich mehnat malakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin.Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga egadir.Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnat bolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sir qiladi. Yer maydonchasida o‘simliklarni o‘stirish uchun yerni tayyorlash bog‘cha xizmatchilariga va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari va gulzor qilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar esa maydonchani tozalashda va o‘simliklarni ekib o‘stirish ishlarida ishtirok etadilar.Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalari mayda toshlarni, to‘kilgan barglarni terib, chelakka tashlaydilar, tarbiyachi yordamida piyoz o‘tkazadilar, yirik urug‘larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig‘ib olishda ishtirok etadilar. O‘rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarni hamda to‘kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishda tarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar tarbiyachi yordamida no‘xat, loviya, lavlagi, bodring va boshqa o‘simliklarning yirik urug‘larini ekadilar. Gulpushta va egatlarni sug‘oradilar, yerni yumshatadilar,pishib yetilgan sabzavotlarni yig‘ishtirishda ishtirok etadilar. «Bolajon» tayanch dasturi asosida har bir yosh guruhda bolalarni o‘simliklar dunyosi bilan tanishtiriladi. Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor,bodring) va mevalar (olma, uzum, o‘rik, olcha va gilos) nomi, ta’mi, rangi va shaklini bilishga, ularni o‘zaro farqlashga o‘rgatiladi.O‘rta guruhda sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg‘om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi, uzum, o‘rik) bilan tanishtirish davom ettiriladi. Bolalarni sabzavot va mevalarning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining

(xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda o‘sadigan mevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko‘p yillik o‘simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha beriladi.

Katta guruhda sabzavot va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlar quyidagi belgilarga qarab shakllantiriladi: sabzavot va mevalar ovqatda ishlatiladi, ular maxsus yetishtiriladi: sabzavotlar poliz (dala)da o‘sadi, mevalar


Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin