Tabiat bilan tanishtirish dasturining mohiyati



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə2/4
tarix16.06.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#131138
1   2   3   4
dastur

Mavzuning dolzarbligi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning nazariy asoslari va tabiat haqida tushuncha berish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishningvazifalari va metodlari; Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shakllari va o‘ziga xosligi; Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish;


Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Tabiat bilan tanishtirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini rivojlantirish; Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish va tashkil etish;


Kurs ishining obyekti: Maktabgacha ta’lim tashkiloti , tarbiyalanuvchilar
Kurs ishining tuzilishi va hajmi:
Reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
olalarni tabiat bilan tanishtirishda dunyoqarashlarini shakllantirish, tarbiyachining va oila tarbiyachisining vazifalari Insonni tabiatdagi o‘rni va bolalarni dunyoqarashlarini shakllantirish. Inson o‘zining kelib chiqishi moddiy va ma’-naviy talablariga binoan jonli va jonsiz tabiat bilan uzviy
bog‘liqdir. Insonning biosferada tutgan o‘rni 2 tomonlama bo‘ladi. Ya’ni bu biologik obyekt bo‘lib, muhitning fizik omillarga qaramdir, chunki bizni o‘rab turgan atroàf-muhitdan borliqdan nafas oladi, oziqlanadi va modda almashinishi natijasida tabiatni bizga bo‘lgan foydasini va mehribonchiligini
ko‘radi. Lekin insonlar jonzotlardan ajralib turishi natijasida o‘ziga xos xususiyatlarini har doim namoyon qilib boradilar.Ular o‘z faoliyatlari bilan tabiatga ta’sir etib, ya’ni madaniy muhitni yaratdilar va uni mehnatlari va ma’naviy tajribalari asosida avloddan avlodga o‘tkazib boradilar. Inson o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish natijasida,ularni kerakli va yangi zod, navlarini yaratadilar, ko‘paytiradilar. Bolalar esa mana shu yaratilgan yangi zod va navlarni ko‘rishlari natijasida ularda tabiatga bo‘lgan qiziqishlari ortadi.
Dunyodagi bo‘layotgan o‘zgarishlarga boshqacha ko‘z bilan qarashni boshlaydilar.
Shuning uchun ko‘pchilik madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarini odamlar parvarish qilganliklari sababli yovvoyi hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlanadi, ko‘payadi, chiroyli bo‘ladi va sifatli hosil beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tabiat bilan bog‘chaga kelayotganda va bog‘chadan ketayotganda to‘qnash keladilar. Bunda bolalarda ko‘chada ko‘rgan, eshitgan va bilgan narsalari haqida bog‘chaga kelganlarida hammaga aytib beradigan bo‘ladilar. Bu esa bolalarga ziyraklikga hamda ko‘chada hushyor bo‘lib yurish kerakligini o‘rgatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va oiladagi bolalarning
tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining va oila tarbiyachisining oldiga juda katta vazifalar qoyiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisi bolalarga bilim berishda o‘zining bilim doirasini kengaytirishi va har bir sohadan xabardor bo‘lishi
kerakdir. Tabiatda bo‘layotgan voqea va hodisalarni bolalarga tushunarli, aniq, ravon, yoshiga mos holda yetkazish kerak va bu har bir tarbiyachi hamda oila tarbiyachidan talab etiladi. Eng asosiysi tarbiyachi hamda oila tarbiyachisi bolalarga o‘zining yashab turgan joyining shart-sharoitlarini, undagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni, o‘simliklarni, hayvonlarni va ularni qayerda uchratishmiz mumkinligi haqida bilim hamda tushunchalar berib borishi kerak. Shunga asoslangan holda tarbiyachi o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni parvarishlash hamda ular bilan ehtiyotkorlik munosabatida bo‘lish malakalarini tarbiyalab boradilar.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi va oila tarbiyachisining ro‘li.Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim ro‘l o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda Davlat tomonidan chiqarilgan «Tayanch dastur»lariga tayangan holda, bolalarga beriladigan bilimlarni yosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirishlari zarur. Dasturlarda tarbiyachi har bir faslda olib boriladigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, guruhda tabiat burchagini, yer maydonchalarini tashkil eta olish, undagi o‘simliklarni o‘stirish, hayvonlarni boqish, parvarishlay olish mahoratlari talab etiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisi o‘simliklarni,hayvonlarni to‘g‘ri parvarishlashi va o‘zi bolalarga buni o‘rgata olishi talab etiladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisining talabchanligi hamda kerakli bilimlarga ega bo‘lishi, bolalarda qiziquvchanliklarini hamda mehnat ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bolalarning bilimlarini oshirish, qiziquvchanliklarini o‘stirish natijasida tarbiyachining o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqishi yanada orttadi va tabiatda bo‘layotgan voqea-hodisalardan yanada ko‘proq bilimga ega bo‘lishga harakat qildiradi.
Tarbiyachi bolalarga asosiy bilimlarni mashg‘ulotlarda chuqurroq berishi, o‘stirishi, ko‘paytirishi, rivojlantirishi kerak bo‘ladi. Bolalar qiziquvchan xalq bo‘lganligi sababli mashg‘ulot vaqtida ham turli savollar beraveradilar, mana
shu savollarga tarbiyachi javob berishi uchun dunyodagi voqea-hodisalardan ham õabardor bo‘lib turishi kerak bo‘ladi. Tarbiyachi va oila tarbiyachisining oldiga qo‘yilgan talablar. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, sayr va ekskursiyalarni tashkil etishda tarbiyachi va oila tarbiyachisining
oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Tabiat haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish.
2. O‘simliklar, hayvonlar, hasharotlar, qushlar, baliqlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish.
3. O‘simlik, hayvonlar, hasharotlar, qushlar va baliqlarni parvarish qilish, oziqlantira olishni bilish.
4. Bolalar yoshiga mos jonzotlarni tanlay bilish.
5. Jonzotlar bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va
bolalarga to‘g‘ri o‘rgata olish.
Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani haqidagi ta’limotlar O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega.
Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto» xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma’-naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir.
Ushbu dastur bolalarga ta’lim-tarbiya berish vazifalarini uning mazmunini shakllantirish uslublarini va pedagogika fani taraqqiyoti ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.Dastur maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasida quyidagi talablarga asoslanib tuzilgan bo‘lib, unda bolaning rivojlanishi, ruhiyati, ta’lim-tarbiyasidagi davrlarga monand o‘zgarishlar, muommolar haqida hikoya qiladi.
Ushbu dastur nafaqat tarbiyachi uchun, balki oila va ota-onalar uchun ham eng yaqin maslahatchi bo‘lib hisoblanadi.
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixologik kamol topish tamoyillaridan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisalar, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi.
Dasturning mazmuni quyidagi tamoyillarga tayanadi:
• maktabgacha ta’limning davlat va jamiyat talablariga mosligi;
• bolalar shaxsiga yo‘naltirilganligi;
• bolalarni sog‘lomlashtirishga qaratilganligi;
• maktabgacha ta’limda o‘yin faoliyatining yetakchiligi;
• maktabgacha ta’limning insonparvarligi;
• maktabgacha ta’lim ijtimoiy ta’lim bilan mosligi;
• maktabgacha ta’limning oila va boshlang‘ich ta’lim
bilan uzviyligi.
Ushbu me’yoriy hujjatlar «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Sog‘lom avlod uchun» dasturlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan. Hujjatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy, ijtimoiy, hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarligi hamda bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishlariga, ularni anglab, maktabga tayyorlanishlari uchun asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bizni o‘rab turgan tabiat insonning unga bo‘lgan turli-tuman munosabatlaridan kelib chiqadi. Ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, tabiat haqidagi bilim- larning o‘zlashtirilmaganligi, insonning tabiatga e’tiborsizligi oqibatida davlatimiz moddiy zarar ko‘rgan. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda dasturning eng asosiy vazifalaridan biri ularni tabiatni sevish, e’zozlash va avaylab asrashga o‘rga-tishdan iborat.
Dastur vazifalariga jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy, hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, bolalarning erkin fikrlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Shundan kelib chiqqan holda bolalarda atrof-muhitni muhofaza qilish va muomala madaniyatini shakllantirish tushunchalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• tabiatni muhofaza qilish, amaliyotga tatbiq qilishni o‘rganish;
• tabiatga shikast yetkazmaslik;
• atrof-muhitni muhofaza qilishda tashabbuskorlikni o‘rganish.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi. «Maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tarbiyalashdan iboratdir.
MTMda dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yish lozim:ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;
– mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish
– muommolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini topish;
– jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muommolariga befarq qaramaslik.
Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirishda tarbiyachi har bir yosh guruh bolalarining yoshini hisobga olishi kerak.
Bunda beriladigan mashg‘ulotlar oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi shart. Ilk yosh «Atrof-olamni o‘rganish va anglash» bo‘limida bolalarni kattalar bilan salomlashish, kattalarning salomiga javob berish, minnatdorchilik bildirish, rasmlarni tomosha qilish, obrazga qarab harakatni ifoda eta olish, (ayiqcha, quyoncha) yaqin o‘yinchog‘i nomini aytish va ko‘rsatish, o‘zining tashqi ko‘rinishi, kiyimi hamda chiroyli o‘yinchog‘idan mamnun bo‘lishni o‘rganish ko‘rsatilgan. Ilk yoshda «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida bolalarga beriladigan bilimlar murakkablashib borib, «Ona Vatan va atrof-olam», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasi qismlarini o‘rganishi», « Bolalarni tabiat bilan tanishtirish»lar yoritilgan.

Kichik guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qism-

larini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarning o‘quv yilining oxirida umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan. O‘rta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,

«Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Transport vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi

ko‘rsatilgan. Katta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sarkardalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati», «Transport va aloqa vositalari», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat

to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan.Tayyorlov guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega

bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam», «Buyuk siymolar», «An’anaviy bayramlar», «Mashhur sarkardalar», «Xalq amaliy san’ati», «Kattalar mehnati», «Transport va aloqa vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli


Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin