Tabiatga sayohat mavzu: media dars



Yüklə 30,6 Kb.
tarix18.10.2022
ölçüsü30,6 Kb.
#65371
4-SINFDA TABIATSHUNOSLIK DARSI





4-sinfda tabiatshunoslik darsi


TABIATGA SAYOHAT
Mavzu:


MEDIA DARS

300-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi



UMURZAQOVA JAMILA SAHOBIDDINOVNA


Darsning maqsadi:
1.Tabiatshunoslik darslarida o’rganganlarini mustahkamlash.
2.Tabiatni asrashga o’rgatish.
3.Yer sharidagi zonalarni farqlashga o’rgatish.
4.O’zbekiston tabiati bilan tanishtirish.
5.Dars mavzusini o’zlashtirishda kompyuterning ahamiyati qanday yordam bera olishimizni ko’rsatish.
Jihozi: Kompyuter-notebook, slaydlar, programma-microsoft power point, proektor, ekran, flip, skoch, marker.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Takrorlash savol-javob
2. Mavzu bilan tanishtirish o’qituvchining kirish so’zi:
I. Bolajonlar bugungi darsimiz har kungidan o’zgacharoq bo’ladi. Bugun sayohat darsi o’tkazamiz.
Biz II chorakda o’tgan barcha mavzular ustida mustahkamlash qilamiz. Yer sharimizning turli zonalari haqida ma’lumot to’playmiz. Bugungi sayohatimiz kompyuter bilan birgalikda o’tkaziladi.
Buning uchun biz guruhlarga bo’linib olaylik.

  1. SUV 2. O’RMON 3.CHO’L 4.DASHT 5.TOG’

O’qituvchi qo’lida guruh nomlari yozilgan kartochkalar bo’ladi. Har bir o’quvchi chiqib kartochkani oladi. Yozilgan nomi bo’yicha guruhla-riga borib o’tiradi.


II. Mana guruhlarga ham bo’linib oldik. Endi kayfiyatimizni ko’tarib olaylik. Buninguchun qo’ziqorin terish o’yinini o’ynaymiz. Rahmat sov-g’alarni oldik. Endi joylarimizga o’tirib, guruhimizga sardor saylaymiz.
1 Slayd-Yer usti suvlari
2 Slayd-O’rmon
3 Slayd-Cho’l
4 Slayd-Dasht
5 Slayd- Foydali qazilmalar
III. Har bir guruhga o’z nomiga qarab savol beriladi. O’quvchilar savol-larga javob beradi.
Suv guruhiga:
1.Yer usti suvlariga nimalar kiradi? (daryolar, ko’llar, orollar, kanallar, dengizlar, muzliklar)
2. Suvda qanday hayvonlar yashaydi? (baliq, qisqichbaqa, suviloni, kit, delfinlar yashaydi)
3. Suvning insonlarga foydasi? (Suv tiriklik manbayidir. Suv nafaqat insonlarga balki o’simliklar-u hayvonlarga birdek zarurdir.)
O’rmon guruhiga:
1.O’rmonda qanday daraxtlar o’sadi? (Qayin, eman, zarang, chevan)
2.O’rmonda qanday hayvonlar yashaydi? (Ayiq, bo’ri, tulki, yo’lbars)
3.O’rmonning insonlarga foydasi? (Daraxtlardan qog’oz qalam yasashda yog’och olishda foydalaniladi.)
Cho’l guruhiga:
1.Cho’ldagi hayvonlardan nimalarni bilasiz? (kaltakesak, echkiemar, ilon)
2.Cho’lda qanday o’simliklar o’sadi?(Yantoq, saksovul, ying’il)
3.Cho’l deganda nimani tushunasiz? (Cho’l bu – suvsiz quruq, bepayon yerlardir)
Dasht guruhiga:
1.Dasht nima? (Dasht bepayon tekislik va jarliklardan iboratdir)
2.Dashtda chorvachilik bormi? (Dasjtlarda qo’y, echki va sigir boqiladi)
3.Dashtning insonlarga foydasi? (Bepayon dashtlarda dehqonchilik qilinadi, asosan makkajo’hori, kungaboqar, bug’doy ekiladi)
Foydali qazilmalar guruhiga:
1.Qanday foydali qazilmalarni bilasiz?(oltin, mis, oltingugurt, olmos, granit, temir)
2.Yonuvchi foydali qazilmalarga nimalar kiradi? (Neft, gaz, ko’mir)
3.Insonlarga foydali tomonlari? (yonilg’i, gaz va zebu-ziynatlar)
IV. Har bir guruh o’quvchilari guruh bo’lib o’zlariga qo’yilgan nomdan kelib chiqqan holda rasm ishlaydi va guruh sardorlari chizilgan rasmga ta’rif beradi.
V. TEST
1. Foydali qazilmalarga nimalar kiradi?
a) makkajo’xori, ko’mir, paxta
(b) ko’mir, neft, oltin
d) bug’doy, sabzi, oxak
2. Qumli cho’lda yoz fasli necha oy davom etadi?
(a) 5,6
b)1,2
d)3,4
3.Daryoning mansabi nima?
a) boshlanadigan joyi
(b) quyiladigan joyi
d) mansabi yo’q
4.Yerlarni sug’orish maqasadida nimalar qazilgan?
(a) ariq, anxor, kanallar
b) daryo, dengiz, kanal
d) hech narsa qazilmagan
5. Dashtlarda qanday hayvonlar bor?
(a) dalasichqon,qo’y, echki
b) olmaxon, dalasichqon, yumronqoziq
d) bo’ri, olmaxon, boyo’g’li
VI. Darsda qatnashgan guruhlarga ball qo’yib beriladi.
Faol qatnashgan guruhlar rag’batlantiriladi.
VII. Uyga vazifa
O’tilgan mavzu yuzasidan kitobcha yasash, rasm ishlash, nomlarini yozish.
VIII. Muhokama
1.Mashg’ulot sizga yoqdimi?
2.Nima uchun?
3.Guruhlarda qanday ishladingiz?
4.Vazifalarni qanday taqsimladingiz?
5.Guruhlarda ishlashingiz mavzuni tushunishingizga yordam berdimi?
6.Kompyuterda ishlash yoqdimi?
Yüklə 30,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin