Tabiiy fanlar fakulteti biologiya –60110900 O’roqboyeva Mehriniso Qo’chqor qizi “Ko’chib yuruvchi qushlar, asosiy turlari hayoti


Kurs ishining maqsadi va o‘rganilishi



Yüklə 53,45 Kb.
səhifə2/15
tarix23.05.2023
ölçüsü53,45 Kb.
#120210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
21.2 GURUX O\'ROQBOYEVA MEHRINISO

Kurs ishining maqsadi va o‘rganilishi. Tafakkur va til hodisalarining bir – birini taqozo etishi, biri – birisiz yashay olmasligini nazarda tutsak, ijodiy tafakkur sohibi tarbiyasida ona tilining o‘ta muhim va betakror vosita ekanligini ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, intellektual bilim, kasbiy mahorat, eng nodir kashfiyotlar ham birinchi galda ona tili yordamida dunyoga keladi, ona tilida zohir etiladi, ona tilida himoya qilinadi. So‘z yuritilayotgan mustaqil matn yaratish hodisasi ham inson tafakkuri mahsuli, uning o‘zgalar ongiga ta’sir etish vositalaridan biridir. Agar o‘quvchining so‘z boyligi nochor, lug‘at xazinasi qashshoq bo‘lsa, nasriy matn tuzish, mustaqil matn yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Bizning asosiy maqsadimiz o‘quvchini nutqiy madaniyatga, muxtasar matn yaratishga o‘rgatish ekan, qarshimizdagi eng dolzarb vazifa – til satxlarini o‘zaro bog‘lab o‘rganish, ona tili mashg‘ulotlarida fanlararo aloqani mustahkamlash, uyadosh so‘zlar ustida ishlash orqali o‘quvchi so‘z boyligini oshirish, maqol, matal, hikmatli so‘z, ibora va tasviriy vositalar yordamida nutqiy zaxiralarni boyitishdan iborat. O‘quvchiga matn va uning gramatik xususiyatlari, tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va xulosa), gap, xatboshi va MSB (murakkab sintaktik butunlik)lirni o‘zaro bog‘lovchi, uslubiy ravonlikni ta’minlovchi tinish belgilari, gramatik bog‘lamalar (olmoshlar, kirish so‘z va gaplar, modal so‘zlar) haqida to‘liq ma’lumot berish, ularni o‘quv amaliyotiga jadal tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Zero, “... lug‘at zaxirasi bisyor odamning tili biyron, nutqi ravon bo‘ladi..”. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarning kommunikativ savodxonlik darajasini oshirish, ularni mustaqil va ijobiy fikrlashga yo‘naltirish, fikr muhsulini to‘g‘ri, ravon, o‘rinli ifodalashga o‘rgatish ekan, uni amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri – matn yaratishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish, uni o‘quv amaliyotiga izchil joriy etish, o‘quvchini muammoli o‘quv topshiriqlari orqali izlanish va kashf qilishga yo‘naltirish, o‘quvchi lug‘at boyligini kengaytirish jarayonida nutqiy faoliyatini shakllantirish, (so‘zning lug‘aviy ma’nolarini sharhlash) fikr ifodalash (og‘zaki nutq va matn yaratish)da so‘zni tanib va tanlab ishlatishni talab qiluvchi o‘quv topshiriqlari, nutqiy madaniyatni yuksaltiruvchi ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdir. Bu muammolar orasida o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishning intensiv – universal texnologiyasini yaratish, ana shu maqsadga xizmat qiladigan, matn yaratishning jadallashtirilgan, bosqichli tizimini ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga joriy etish masalasi alohida o‘rin tutadi. O‘quvchi so‘z boyligini oshirishning, uning nutqiy zaxirasini boyitishning eng samarali usuli sathlararo hamda fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish (undosh so‘zlar ustida ishlash, berilgan so‘zning leksik – semantik qurshovi: qaysi so‘zlar bilan ishlatilishi, xususiy belgilari miqdorini aniqlash, qaysi so‘z turkumlari bilan ifodalanishi, ularning nomlari soni, sifati, holati, harakatini belgilash v.h.) dan iborat. Demak, o‘quvchi nutqiy ko‘nikmalarini takomillashtirishning asosiy omillari tafakkur mahsulini izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash, nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Umuman olganda, DTS talablarini to‘la bajarish – o‘quvchi kommunikativ savodxonligini ta’minlash masalasi, ona tili ta’limida mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni muntazam ravishda takomillashtirib borishni taqozo etadi. Buning uchun egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarning jadal amaliy tatbiqi, ya’ni mustaqil matn yaratish masalasi ona tili darslarida o‘rganilayotgan har bir mavzuning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Matn yaratishning mantiqiy davomi – matn ustida ishlash bilan esa matnning tili, mantiqiy va uslubiy shakllanganlik darajasi o‘rganiladi, o‘quvchining kommunikativ savodxonlik darajasi esa, matn yaratish mahoratini aniqlash jarayonida o‘z yechimini topadi. Ona tilining yangi – yangi ifoda imkoniyatlarini izlab topish va uni dars jarayoniga tadbiq etish o‘quvchilarning ijodiy tafakkur, hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez, tanlash, guruhlash, yaratish kabi bilish qobiliyatlarini takomillashtirib, ularda milliy mafkura, mustahkam e’tiqod, milliy dunyoqarashini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Nutqiy – amaliy ko‘nikmalar zanjirining eng muhim, yakunlovchi halqasi o‘quvchida mustaqil fikrlash, fikr ifodalash va matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish tizimi ustida ishlash – o‘quvchi nutqiy iqtidori, matn yaratish ko‘nikmasining malakaga aylanishi, tafakkur mahsulining moddiylashuvidir. Boshqacharoq aytganimizda tafakkur, nutq, matn yaratish hodisalarini o‘zaro uyg‘unlik va uzluksizlikda, til bo‘limlari va boshqa fanlar bilan mustahkam « Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 7-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi aloqadorlikda, yozma fikr ifodasini yengillashtiruvchi muayyan bir tizimda o‘rganish kommunikativ savodxonlikning eng so‘nggi natijasi – ijodiy matn yaratish va uni mustaqil tahrir qilish ko‘nikmalarining shakllanishiga olib keladi. O‘quvchilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida DTS talablari bo‘yicha belgilangan ona tili o‘qitish mazmuni va undagi matn ustida ishlash va matn yaratish mavzusi yuzasidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari lozim: Grammatikaga oid bilimlarni egallash – fonetika, leksikologiya, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya va sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalarni o‘rganish, ular amaliyotiga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni egallash; -birinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarning lug‘at zaxirasini kengaytirish va boyitish, so‘zning lug‘aviy ma’nolari ustida ishlash (uyadosh so‘zlar, ma’nodoshlar, zid ma’noli, shakldosh, tarixiy, olinma so‘zlar v.h.), o‘quvchi uchun notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi va qo‘llanish doirasini aniqlash; -ikkinchi yo‘nalish; - o‘zbek adabiy tili me’yorlari, to‘g‘ri talaffuz, to‘g‘ri yozish, so‘z tanlash, so‘z birikmalari hosil qilish, gap tuzish me’yorlari, til birliklarining uslubiy imkoniyatlari xususan, uyadoshligi (bir mavzu, guruh va uyaga mansub so‘zlar, fanlararo va sathlararo aloqa) va ma’nodoshligi (sinonimiyasi); mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrni to‘g‘ri aniq ravon ifodalash, gramatik sinonimiya (frazeologik sinonimiya, lug‘aviy sinonimiya, qo‘shimchalar sinonimiyasi, gap va matn sinonimiyasi) namunalari ustida ishlash, ifodali o‘qitish (qiroat san’ati) bilan shug‘ullanish; -uchinchi yo‘nalish: - O‘quvchilarda fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda izchil, to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini egallash, matn tahlili, matn ustida ishlash va matn yaratish faoliyatlarini qamrab oladi.


  • Yüklə 53,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin