3.Tashqi muhit omillarining suvning so'rilishiga ta'siri Haroratning ta'siri. U kuchli ta'sir etuvchi omillardan biri.
Harorat ildizning suvni so‘rish tezligiga ta’sir qiladigan eng muhim omillaridan biridir. Agar tuproq harorati pasaya boshlasa, ildizning suvni so‘rish qobiliyati ham susaya boradi. Bu hodisani kuzatish uchun o‘simlik o‘sib turgan tuvak atrofini muz bilan o‘rab qo‘yish kerak. Ko‘p o‘tmay o‘simlik so‘liy boshlaydi. Chunki tuproq soviganda ildizlarga juda ham sust boradigan suv o‘simlikdan bug‘lanib sarflanadigan suv miqdorini qoplay olmaydi. Tuvak me’yoriy haroragga o‘tkazilsa, o‘simlik avvalgi holatiga qaytadi. Past haroratda suvni so‘rish qobiliyatining pasayishi hujayra protoplazmasi qovushqoqlik darajasining oshib ketishi tufayli ro‘y beradi, deb tushuntiriladi. Tuproq harorati keskin pasayganida, o‘simlikning so‘lishi natijasida hamma fiziologik jarayonlar ham buziladi: og‘izchalar yopiladi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlari keskin pasayadi. Mineral elementlarning yutilishi ham to‘xtab qoladi. Bunday xolat uzoqroq davom etsa, o‘simliklar nobud bo‘lishi mumkin.
Kislorodning ta'siri. Protoplazmada suvni harakatlanishi uchun energiya zarur. Ushbu energiya nafas olish jarayonida hosil bo'ladi.
Suvning ildizga kirish tezligiga havodagi kislorod miqdori ham ta’sir etadi.Hujayra protoplazmasi suvni harakatta keltirish uchun ma’lum miqdorda energiya sarflaydi, bu energiya esa nafas olish jarayonida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham zich tuproqli, qatqaloqli yoki uzoqroq muddatga suv bilan qoplangan yerlarda o‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydi va nobud bo‘ladi. Chunki bunday yerlarda kislorod etmay qoladi va natijada ildizlarning nafas olishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi. Hujayralarda modda almashinuv jarayoni ham buziladi, natijada spirtlar, uglevodlar va organik kislotalar to‘plana boshlaydi. Protoplazmaning osmotik xususiyatlari ham o‘zgarib ketadi. SHuning uchun ham tuproqqa yaxshi ishlov berib, agrotexnik tadbir-choralarni to‘g‘ri qo‘llash va aeratsiya ta’minotiga erishish ildizlarning faolligini oshiradi.Ildizning suvni so‘rish va harakatta keltirish qobiliyatiga tuproq eritmasining konsentratsiyasi va pH darajasi ham ta’sir etadi.