Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə69/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

KALIYLI O‘G‘ITLAR. O‘simliklar tuproq tarkibidagi kaliyni boshqa kul elementlariga nisbatan ancha yaxshiroq o‘zlashtiradi. SHuning uchun ham kaliyli o‘g‘itlarning ahamiyati katta. Kaliy o‘g‘iti sifatida asosan kaliy (KC1) qo‘llaniladi. Uning tarkibida 52 foiz sof kaliy bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Bu tuz hamma tuproqlarda va barcha o‘simlik turlari uchun ishlatilishi mumkin. Kaliy o‘g‘iti sifatida foydalaniladigan tuzlardan kaliy sulfat (KSO4) tarkibida 48-52 foiz sof modda (K2O) bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Kaliy nitrat (KNO3) tarkibida sof modda (K2O) 45-46 foiz va 13 foiz azot bo‘ladi. Suvda yaxshi eriydi. Kaliy o‘g‘itlarining hammasi fiziologik nordon tuzlar hisoblanadi. SHuning uchun ham bu tuzlar nordon tuproqlarda ishlatilganda qo‘shimcha ohaklash samaradorlikni oshiradi. Kaliy o‘g‘itlari azot va fosfor o‘g‘itlari bilan birgalikda ishlatilganda samaradorligi yuqori bo‘ladi.
MIKRO O‘G‘ITLAR. O‘simliklarga o‘sish va rivojlanish uchun o‘zlashtiriladigan asosiy elementlardan (NPK) tashqari juda oz talab qilinadigan mikroo‘g‘itlar ham kerak. Hozirgi vaqtda o‘simliklarning bor, marganets, mis, rux va molibden kabi elementlarga talabi ancha yaxshi o‘rganilgan: o‘simliklar tarkibida bu elementlar etarli bo‘lganda o‘sish va rivojlanish faollashadi, kasaliklarga va tashki sharoitning noqulay omillari tasiriga chidamliligi ortadi. Mikroo‘g‘itlardan foydalanishning asosan uchta usuli keng qo‘llaniladi:
1) tuproqqa solish;
2) suyultirilgan eritmasini o‘simliklarga purkash;
3) urug‘larni ekishdan oldin mikroo‘g‘it bilan ta’minlash.
Birinchisi asosiy yul bo‘lib, Bu ayrim elementlar tuproq tarkibida kam bo‘lganda keng qo‘llaniladi. Solinadigan o‘g‘itning miqdoriga, mikroelement turiga, tuproqdagi miqdoriga, o‘simlik turiga va boshqalarga bog‘liq Masalan, bor o‘g‘iti sifatida N3BO3 kislotadan 0,5-2 kg/ga, marganets o‘g‘iti sifati MnSO4 tuzidan 10-18 kg/ga, rux o‘g‘iti sifatida ZnSO4 tuzidan 5-10 kg/ga tuproqqa solinganda hosildorlik sezilarli darajada oshganligi aniqlangan.Urug‘ni ekishdan oldin mikroo‘g‘itlar bilan ta’minlash ham qo‘shimcha usullar qatoriga kiradi. Bu usul ayniqsa, ivitilib ekiladigan urug‘lar uchun qulay. Masalan, chigit toza suv o‘rniga mis sulfat tuzining 0,001-0,005 foiz eritmasida ivitilib ekilganda, chigitlarning unish kuchi ortishi va yosh nihollarning bahorgi haroratning qisqa muddatli pasayishiga chidamli bo‘lishi aniqlangan.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin