11- MAVZU: MIKROELEMENTLARNING O‘SIMLIK HAYOTIDAGI O‘RNI
Reja:
O`simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati
Mineral elementlarning o`simliklardagi miqdori.
Mikroelementlarni tabiatda tarqalishi va ularning kimyoviy xossalari.
Mikroelementlarni o‘simlikning fiziologik funksiyalariga ta’siri.
Mikroelementli o‘g‘itlar va ulardan foydalanish.
Tayanch iboralar: mikroelement, marganets, mis, xloroz,molibden, kobalt, rux, bor,xinon, fenol, auksin.
1. O`simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati
O`simliklar tuproqdan juda ko`p mineral moddalarni ya`ni davriy sistemada uchraydigan deyarli barcha elementlarni u yoki bu ko`rinishda suv bilan birga qabul qilib, o`z tanasini qurishga va organik moddalar to`plashga sarf qiladi. Bundan kelib chiqadiki, tuproqning tarkibi va xususiyatlari o`simliklarning o`sishi va rivojlanishida alohida ahamiyatga ega.
Tuproq tarkibidagi kul va chirindi moddalarning o`simliklar hosildorligiga ijobiy ta`sir qilishi avvaldan malum. Ammo bu fikrga birdaniga kelinmagan. Masalan, gollandiyalik olim Ya.B. Van-Gelmont (1629) 91 kg quruq tuproq sig`adigan chelakga massasi 2,25 kg bo`lgan tol qalamchalarini ekgan va uni doimiy ravishda yomg`ir suvi bilan sug`orib turgan. Besh yil o`tganidan so`ng tuproq va tolning og`irliklari alohida-alohida o`lchab ko`rilganida tolning og`irligi 77 kg.ni (75 kg qo`shilgan) tashkil qilgani holda tuproq og`irligi 0,56 kg.ga kamaygan xolos. Demak, har yili to`kiladigan barglarni hisobga olmagan holda ham o`simlik massasi 33 baravar ortgan. Shunga asoslanib Ya.B. Van Gelmont o`simliklar gavdasi suvdan tuziladi degan noto`g`ri xulosa qilgan va buning asosida o`simliklar oziqlanishining "Suv nazariyasi" paydo bo`ldi.
Shuni aytib o`tish lozimki, bizning eramizdan 384-322 yil avval Aristotel tomonidan o`simliklar tuproqdan oziqani murakkab moddalar holida oladi degan tushuncha ilgari surilgan. Bu tushuncha nemis agronomi A Teer (XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshi) tomonidan rivojlantirilgan va shu asosda u o`zining "gumus nazariyasi"ni yaratdi. Bunga asosan, o`simliklar tuproqdagi suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi.
Shvetsariyalik tabiatshunos olim N.T. Sossyur o`simliklar tarkibini o`rganib, tuproq, o`simliklarni azot va boshqa mineral elementlar bilan taminlaydi degan xulosaga kelgan. Shuningdek u o`zining «O`simliklarni kimyoviy o`rganish» (1804) asarida o`simlik ildizlari tomonidan suvli eritmalardan har xil tuzlarni o`zlashtirilishi miqdori va tezligi bir xil emasligi haqidagi flkrni aytgan. Keyinchalik frantsuz agronomi J.B. Bussengo (1837) o`z ilmiy ishlarida, o`simliklar atmosfera azotini o`zlashtira olmasligi va faqatgina ildiz orqali tuzlarni o`zlashtirishi mumkinligini aytadi.Shuningdek u o`simliklarni mineral eiementlar bilan (kul va selitra) taminlash tufayli ularni toza qumda ham o`stirish mumkin ekanligini ko`rsatgan.
Agrokimyoning asoschilaridan biri nemis kimyogar olimi Yu. Libix gumus nazariyasini inkor qildi va tuproq unumdorligi mineral elementga bog`liq deya tuproqga o`g`it sifatida toza mineral tuz solishni taklif kilgan. Yu. Libix o`zining «Kimyo dehqonchilik va fiziologiya xizmatida» (1840) asarida o`simliklarni mineral oziqlanish nazariyasini yaratdi. Shuningdek u o`simlik azotni havodan ammiak holida oladi degan xato fikrga kelgan, ammo keyinchalik (1856) o`z xatosini anglaydi va o`simliklar azotni ildiz orqali nitrat ko`rinishida qabul qiladi degan fikrga kelgan hamda o`zining "minimum qonuni" va "qaytarilish qonuniyatini" taklif etdi. Libixning «minimum qonuni» ning mohiyati shundaki, mineral o`g`itlarning har qanday miqdori ham o`simliklar hosilining oshishiga olib kelmaydi, chunki o`simliklarning mutlaq hosildorligi tuproqdayetishmayotgan moddaga bog`liqdir. Uning ikkinchi «qaytarilish qonuniyati» ning mohiyati shundaki, o`simlik tomonidan o`zlashtirilgan element tuproqga qaytarilishi lozim, aks holda tuproq kambag`allashib boradi. Keyinchalik Libixning ayrim izohlari bu qonuniyatni soddalashtirib o`zlarining tuproq unumdorligini kamayishi qonuniyatlarini ilgari surishdi Ammo hozirgi zamon dehqonchiligi bu fikrni umuman noto`g`ri ekanligini tasdiqlamoqda, ya`ni qishloq xo`jaligi ekinlarining hosildorli mineral o`g`itlar berish va agrotexnikani oqilona qo`llash tufayli doimiy ravishda oshib bormoqda.
Boshqa bir olimlar, I. Knop va Yu. Saks (1859), o`z tajribalari orqali "gumus nazariyasi" ni to`la inkor qilishdi. Ular o`simliklarni o`simliklar tuproqsiz, sharoitda faqatgina suvli muhitda, N, P, K, Ca, Mg, Fe, S ishtirokida ular mevalarining pishish vaqtigacha o`stirish mumkinligini isbotlashgan. Ushbu olimlarning tajribalari tufayli mineral oziqlanish nazariyasi o`z tasdig`ini to`la topdi va o`simliklarni qumli va suvli sharoitda o`stirish uchun qo`llaniladigan vegetatsion uslubga asos solindi. Kanopning oziqa eritmasi hozirda ham o`simliklarni suvli muhitlarda o`stirish uchun qo`llaniladi.
Bussengo o`z tajribalarida vegetatsion uslubni qo`llash orqali, yuksak o`simliklar atmosfera havosining molekulyar azotini o`zlashtira olmasligini ko`rsatdi. Sunday xususiyatga faqatgina dukkakdoshlar oilasi vakillarigina ega bo`lib, ular tuproqda azot to`planishiga olib keladi.
Birinchi bor dukkakdoshlar oilasi vakillarining tuganak bakteriyalar bilan simbiozi natijasida tuproqda azot yig`ilishini asoslab bergan olim nemis botanigi va mikrobiologi G. Gelrigeldir (1880). Dukkakdoshlarning tuganak bakteriyalari esa birinchi bor rus botanigi M.S. Voronin (1866) tomonidan isbotlangan.
Hozirgi vaqtda tuproqda azot yig`ilishiga olib keluvchi bir qancha mikroorganizmlar aniqlangan. Bulardan biz ammoniflksatorlarni, azotofiksatorlarni, nitriflkatorlarni va denitrifikatorlarni ko`rsatishimiz mumkin.
O`simliklarning mineral oziqlanishi bevosita tuproq bilan bog`liq bo`lgani tufayli biz tuproqshunoslikning ilmiy asoslarini yaratgan rus olimlari P.A. Kostichev va V.V.Dokuchaevlarning hamda tuproqning shimuvchi kompleksi asoslarini yaratgan K.K. Gedroyts ishlarini aytib o`tishimiz lozim. Bunga asosan moddalar shu jumladan minerallar tuproqda mexanik yo`l bilan, fizik ta`sir natijasida, kimyoviy va biologik bog`lash tufayli ushlab turiladi.
Dostları ilə paylaş: |