Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə91/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

O‘SISH XILLARI. O‘simliklarning xayvonlardan eng muhim farqi shundaki, ular butun ontogenezi davomida o‘sadi. Oliy, ko‘p hujayrali o‘simliklarning o‘sishi hujayralarning bo‘linishi va o‘sishi, yangi organlar va to‘qimalar hosil bo‘lish jarayonlarining yig‘indisidan iborat. O‘simliklarning o‘sishi embrional to‘qimalarda — meristemada sodir bo‘ladi, chunki u yerda hamma hujayra bo‘linish xususiyatiga ega. Poya va ildizlarning bo‘yiga o‘sishini ta’minlovchi. meristema ularning ichki qismlarida joylashgan bo‘ladi Ildizlarning o‘sishi ularning uchida, 1 sm dan oshmaydigan juda kalta qismida sodir bo‘ladi. Bu qismi odatda, ildiz qini bilan muhofaza qilinadi. Poyalarning o‘suvchi qismi ildizga nisbatan ancha uzun, 2-ZO sm.gacha bo‘ladi. Poya va ildizlar butun ontogenezi davomida o‘sadi. Masalan, daraxtlar bir necha yuz va ming yillargacha ham o‘sadi.Poya, novda va ildizlarning o‘sishi apikal o‘sish deyiladi. CHunki bu apikal meristema (apeks- - o‘sish nuqtasi) hisobiga sodir bo‘ladi. O‘simliklarning eniga o‘sishi lateral (yon) meristema hisobiga sodir bo‘ladi. Bunga kambiy, peritsikl va ferrogen kiradi. Kambiy hujayralarining bo‘linishi va o‘sishi natijasida ksilema va floema elementlari paydo bo‘ladi. Ksilema elementlari floemaga nisbagan ancha ko‘p bo‘ladi. Aksariyat bir pallali o‘simliklarning bargida o‘sish xududi barglarning tubida joylashgan bo‘ladi va shu asosda o‘sa boshlaydi. Lekin ko‘pchilik ikki pallali o‘simliklar bargining o‘sishi bundan farq qiladi. Bu barglarning butun yuzasidagi hujayralar ma’lum davrgacha o‘sish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Barglarning o‘sishi doimiy xususiyatga ega emas, ya’ni ular tez vaqtda muayyan kattalikka etib, o‘sishdan to‘xtaydilar. SHunday qilib, morfogenez o‘simliklarning shakllanishi, embrional hujayralar (sitogenez), to‘qimalar (gistogenez) va organlar (organogenez)ning hosil bo‘lishi, o‘sish va rivojlanishni o‘z ichiga oladi.
O‘SISHNI O‘LCHASH USULLARI. O‘simliklarning o‘sish ularning uzunligini, xajmini, xo‘l va quruq massalarini aniqlash yo‘li bilan tavsiflash mumkin. Buning uchun o‘simlikning uzunligi vaqti-vaqti bilan lineyka yordamida o‘lchab turiladi. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sishi umuman ancha sekin borganligi uchun bu usuldan bir kecha-kunduzda bir marta foydalanish mumkin. Qisqa vaqt ichidagi o‘sishni aniqlash zarur bo‘lib qolgan xholda gorizontal mikroskoplardan foydalanish mumkin. Buning uchun gorizontal mikroskop o‘suvchi organning uchiga (poya yoki ildiz) to‘g‘rilab qo‘yiladi va uning uzunligi yoki qalinligi okulyar mikrometr yordamida (0,01 mm aniqlik bilan) aniqlanadi. Olingan natijalar asosida o‘simlikning qancha o‘sganligi yoki yo‘g‘onlashganligi xisoblab chiqiladi. O‘sishning tezligini maxsus asbob —
auksanografdan foydalanib aniqlash xam yaxshi natija beradi. Bu asbob yordamida o‘simlikning o‘sish tezligi qurum bosgan qog‘ozga chizib boriladi. Auksanograf yordamida o‘sish tezligini xar yarim yoki bir soat ichida aniqlab borish mumkin. Lekin bu usul kam foydalaniladi. Chunki o‘simlikning o‘sish nuqtasiga boylangan ip biroz cho‘zilishi natijasida o‘sish tezligini
ancha noto‘g‘ri ko‘rsatishi va o‘sish nuqtasini zararlashi mumkin. Keyingi yillarda o‘sishning borishini aniqlashda tobora ko‘proq fotografiya usulidan foydalanilmoqda. Bu usulning afzalligi shundaki, o‘suvchi a’zoga mutlaqo tegmasdan va zararlantirmasdan o‘lchash mumkin. O‘simlikning o‘sishini uning og‘irligi oshib borishiga qarab ham aniqlash mumkin. Buning uchun o‘simlik tuproqdan ajratib olinib, 105oS da maxsus shkaflarda quritilgach, og‘irligi aniqlanadi. O‘simliklardagi ayrim fiziologik jarayonlarning natijasini aniqlashda bu usuldan foydalanib turiladi. Ba’zi vaqtda o‘simlikning ma’lum qismlarining o‘sish tezligini (masalan, ildizlarning) aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun o‘suvchi organlarga ingichka ip yoki mo‘yqalamdan foydalanib tush bilan belgi qo‘yib chiqiladi. Belgilar bir-biridan ma’lum masofaga chiziladi, so‘ngra shu masofaning ortishi ma’lum vakt o‘tishi bilan o‘lchab turiladi. Natijada umumiy xulosa qilinadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin