Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə92/127
tarix24.12.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#192737
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

O‘SIMLIKLARNING O‘SISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING TA’SIRI. O‘simliklarning o‘sishiga tashqi sharoitning juda ko‘p omillari ta’sir etadi. CHunki o‘simliklarning yaxshi o‘sishi uchun yetarli darajada xharorat, yorug‘lik, namlik, gazlar tarkibi, mineral oziqlanish va boshkalar talab etiladi.
HARORAT. O‘simliklarning o‘sishiga eng faol ta’sir etadiganlardan biri haroratdir. Ko‘pchilik o‘simliklarning o‘sish tezligi harorat O0 dan 350 gacha o‘zgarganda Vant-Goff qonuniga bo‘ysunadi. Lekin harorat 35-4O0 Sdan oshgandan keyin o‘sish tezligi ham pasayadi. Umuman, o‘sishga nisbatan ham haroratning uchta kardinal nuqtasi bor: minimal (eng past), optimal (maqbul), maksimal (eng yuqori). Bu nuqtalar darajasi o‘simliklarning turlariga bog‘liq,.
Quyidagi jadvalda ayrim o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi
uchun harorat darajalari keltirilgan (00S):

O‘simliklarning nomi

Minimal

Optimal

Maksimal

Arpa. suli. bug‘doy
Kungaboqar
Makkajo‘xori
Oshqovoq
qovun.
Bodring
G‘o‘za

0-5
5-10
5-10
10-15
15-18
10 - 12

25-
31 -
37-
37-
31 -
25-

31
37
44
44
37
35

31 -
37 -
44 -
44 -
45 -
40 -

37
44
50
50
50
46

O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar — minimal harorat darajasi 100S dan yuqori, maqbul 30-400S atrofida; 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar — minimal harorat O0 dan to 50S va maqbul 25-310S. Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. Chunki o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. SHuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olinishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu xharorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.
YORUG‘LIK. O‘simliklar yorug‘likda ham, qorong‘ida ham o‘sadi. Lekin qorongida o‘sgan o‘simliklar o‘zlarining me’yoriy shakllarini ancha o‘zgartiradilar. YAshil rang yo‘qoladi. Bular etiollangan o‘simliklar deyiladi. Etiollangan o‘simliklar me’yoriy o‘simliklardan asosan, poyalarining xaddan tashqari cho‘zilishi va barg plastinkalarining esa aksincha, rivojlanmay qolishi bilan farq qiladi. Etiollangan o‘simliklarning bo‘g‘in oraliqlari uzun bo‘ladi. Mexanik to‘qimalari yaxshi rivojlanmaydi, hujayralararo bo‘shliqlar katta bo‘ladi, barglar rivojlanmay qoladi. YOrug‘likda o‘sgan o‘simliklar qorong‘ida o‘sgan o‘simliklarga nisbatan past bo‘yli ham ixcham tuzilishga ega. Hamma fiziologik jarayonlari bir me’yorda sodir bo‘ladi. YOrug‘lik ta’sirida hujayralarning cho‘zilish fazasi tezlashadi va qiska muddat ichida hujayralarning differensiyalanish fazasi boshlanadi. Organik moddalarning sintez jarayoni faollashadi, natijada yangi hujayralar, to‘qimalar va organlarning hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday o‘simliklarda generativ organlarning hosil bo‘lishi tezlashadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin