Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Tabiatda azotning manbalari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə105/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203
majmua

2.Tabiatda azotning manbalari.

Barcha yashil o‘simliklar mineral azotni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Bu asosan tuproq hisobiga sodir bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi azot asosan ikki holda uchraydi: organik moddalar tarkibidagi azot; mineral tuzlar tarkibidagi azot. Organik moddalar asosan o‘simlik va xayvon qoldiqlaridan iborat bo‘lib, ular tarkibidagi azot mikroorganizmlar ishtirokida ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlari natijasida o‘zlashtiriladigan holatga o‘tadi. Tuproq, tarkibidagi azotniig mineral formasi ammoniy tuzlari (NH2C1, (NN4)2, SO4, NN4NO3 va boshqalar) va nitrat tuzlari (NaNO3, Ca(NO3)2, va boshqalar) holida bo‘ladi. Bu mineral tuzlar unish xususiyatiga ega ekanligi uchun ham oson o‘zlashtiruvchi azot manbasini tashkil etadi. CHunki o‘simliklar azotni tuproqdan kation - NN4 yoki anion –NO3; holatida o‘zlashtiradi. Bunday erkin azot tuproqlarda uncha ko‘p emas. Masalan, eng unumdor qora tuproqlarning bir gektarida 200 kg/ga yakin o‘zlashtiriladigan azot mavjud. Podzol tuproqlarda esa bu ko‘rsatkich 3-4 marta kam. Nitrat anioni -N03 tuproq zarrachalari bilan mustahkam birlashmaydi. Shuning uchun tez yuvilib ketishi mumkin va ko‘p to‘planib ham qolmaydi. Nitratlar miqdori tuproqda ayniqsa, yoz fasllarida, mikroorganizmlar faollashgan vaqtlarda ko‘p bo‘lishi mumkin. Umuman, ionlarning (N03) tuproqdagi miqdori o‘simliklarning o‘zlashtirish tezligiga, mikrobiologik jarayonlarning jadalligiga va yuvilish jarayonlariga bog‘liq. O‘simliklarning ko‘pi nitratlarni yaxshi o‘zlashtiradi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin