Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə110/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203
majmua

FOSFORLI O‘G‘ITLAR. Fosfor o‘g‘itlari uch guruhga bo‘linadi:
1) eriydigan; 2)suvda erimaydigan, kuchsiz kislotalarda eriydigan;
3) suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda ham yomon eriydigan.
Fosfor o‘g‘itlarining eng ko‘p ishlatiladigan guruhi eriydigan oddiy Ca(H2PO4)2 va qo‘sh Ca2(H2PO4)2.H2O superfosfatlar bo‘lib hisoblanadi. Superfosfat tarkibidagi fosfor harakatchanligi kam tuproqlarda to‘planadi. SHuning uchun ham ularning ta’sir kuchi 2-3 yilgacha davom etishi mumkin. Oddiy superfosfatniig tarkibida o‘zlashtiriladigan fosfor kam bo‘lib, odatda 14 foizdan oshmaydi. Apatitlardan olinadigan superfosfat tarkibida o‘simlik o‘zlashtira oladigan fosfor 18-20 foiz bo‘ladi. Qo‘sh superfosfatlarning tarkibida 30 foizdan ko‘proq sof fosfor bo‘ladi. Hozirgi vaqtda qo‘sh superfosfatning xususiyatlarini yaxshilash maqsadida donador yoki ammiaklashtirilgan qilib tayyorlanadi. CHunki superfosfatning bu shakli yuqori samaradorlikka ega. Fosfor bilan ammiak qo‘shilib ammofos hosil qiladi. Ammofos murakkab o‘g‘it hisoblanadi. CHunki uning tarkibida fosfor (48-60 foiz), azot (11 foiz) bo‘ladi.Fosforniig suvda erimaydigan, kuchsiz kislotalarda eriydigan guruhiga pretsipitat (fosfor kislotasining qo‘sh kalsiyli tuzi) va boshqalar kiradi. Bularning tarkibida ham o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradigan fosfor bor. Pretsipitat tarkibida o‘simlik o‘zlashtiradigan fosfor 25-38 foiz bo‘ladi. Fosforning suvda erimaydigan va kuchsiz kislotalarda yomon eriydigan o‘g‘itlariga fosforit va suyak uni kiradi. Fosfor o‘g‘itlarining samaradorligi juda ko‘p omillarga, jumladan, tuproqlardagi fosforning miqdori, boshqa oziqa moddalarniig nisbati va xokazolarga bog‘liq bo‘ladi. Tuproqda fosfor ko‘payib ketganda esa fosforli o‘g‘itlarning samaradorligi kamayadi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin