Chirmashuvchi o'simliklar. Ushbu hol o'simliklarning boshqa bir o'simlik tanasiga o'ralib, yoki chirmashib o'sishga qarab harakatlanishdir. Bularga zarpechak, liana kabi o'simliklar kiradi. Nutatsiya harakatlari ular poyasining tashqi va ichki tomonlari bir meyorda o'smaganligi natijasida sodir bo'ladi. Ularni bir marta aylanish davri 2-12 soat bo'lishi mumkin. Lianalarning poyasi soat strelkasiga qarama-karshi o'sish nuqtasiga ega, boshqa o'simliklarniki esa aksincha, soat strelkasi bo'yicha o'ralib o'sadi. Nutatsion harakatlar o'simliklarga yorug'lik energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi. Ayrim hollarda o'simliklarning nutatsion harakatlari daraxt uchlarigacha yetishi mumkin.