Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Suv yetishmasligining o'simlikka ta’siri



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə188/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   203
majmua

5.Suv yetishmasligining o'simlikka ta’siri
O'simlik to'qimalarida suv yetishmasligi hodisasi uning barglari va boshqa organlari orqali suv bug'lanish miqdori ushbu o'simlik tomonidan qabul qilayotgan suv miqdoridan oshib ketsagina ro'y beradi.

Suv tanqisligi issiq, quyoshli kunlarda peshin vaqtida ham ro'y berishi mumkin, chunki bu vaqtda barglarning so'rish kuchi oshib, uning natijasida suvning tuproqdan o'simlikka o'tishi ham tezlashadi.

O'simlik o'z navbatida suv tanqisligi ko'rsatkichini o'z barglaridagi barg og'izchalarining o'lchamlarini o'zgartirish orqali idora qilishi mumkin. Agar tuproqda o'simlik o'zlashtira oladigan suv bo'lmasa, unda kuchli so'lish paydo bo'ladi. Bu esa o'z navbatida o'simlikning halok bo'lishiga olib keladi.

O'simlikka suv yetishmaslik belgilaridan ular to'qimalarida ertalab suvning bo'lishi hamda poyasi kesilganda undan shira ajralishining to'xtashidir.

Qurg'oqchilik birinchi navbatda hujayradagi erkin yoki kuchsiz bog'langan suvning kamayishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida sitoplazma oqsil qobig'ining suvsizlanishiga olib keladi. Shuningdek, ayrim oqsil-fermentlarning bajaradigan ishiga ta’sir qiladi. Agar so'lish uzoq vaqt davom etsa, sintezlovchi fermentlarining faolligi kamayadi, ammo suv ishtirokida boradigan parchalanish hodisasi, jumladan, proteoliz hodisasi tezlashadi. Buning natijasida hujayrada kichik molekulali oqsil moddalarning miqdori oshadi. Shuningdek, polisaxaridlarning parchalanishi natijasida to'qimalarda eruvchan qandlarning miqdori ko'payadi, ularning barglardan chiqishi susayadi.

O'simliklarga suv yetishmaganda ular barglarida RNKning hosil bo'lishi va shu jarayonda qatnashuvchi ribonukleaza fermentining aktivligi kamayadi. Ammo DNKning o'zgarishi qurg'oqchilik uzoq davom etgandagina ro'y berishi mumkin. Suvning yetishmasligi hujayrada ketadigan boshqa jarayonlarga ham ta’sir qiladi. Jumladan, hujayradan ionlarning chiqishi yengillashganligi sababli ularning tarkibiy qismida kamayish ro'y beradi. Vakuolalarda esa erkin suvning kamayishi natijasida vakuol shirasining yopishqoqligi oshib ketadi. Shuningdek, suvning yetishmasligi o'simliklarda ketadigan fotosintez jarayoni mahsuldorligiga, yani fotosintez jarayoniga ham salbiy ta’sir qiladi. Ammo ayrim hollarda o'simliklarga suv yetishmasligining boshlang'ich davrida fotosintez jarayoning borishi tezligi qisman oshishi mumkin. Fotosintez jarayoni tezligining suv yetishmasligi natijasida kamayishiga quyidagi hollar sababchi bo'lishi mumkin.

Suv kam bo'lganligi tufayli barg og'izchalarining gidrofaol yopilishi va buning natijasida fotosintez jarayonining tarkibiy qismlaridan bo'lgan CO2 gazining o'simliklarga yutilishining kamayishi.


  1. Barg hujayralarida xlorofillning sintezini ishining buzilishi.

  2. Yorug'lik fosforlanishining va elektronlar tashiluvining buzilishi.

  3. CO2 qaytarish reaktsiyalarining va yorug'lik ishtirokida boradigan ximiyaviy reaktsiyalarning (foto ximik) o'zgarishi.

  4. Xloroplastlar tuzilishining buzilishi.

  5. Assimilyatlarning barglardan chiqishining sekinlashishi yoki umuman to'xtashi.


Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin