Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə190/203
tarix08.04.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#54918
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203
majmua

6.O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish

Madaniy o‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirish dolzarb muammo bo‘lib, bu sohada ayrim ishlar mavjud. O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi tashqi sharoit ta’sirida o‘zgaradi. I. I.Tumanovning izlanishlari ko‘rsatishicha, o‘simliklarga qurg‘oqchilik bilan ta’sir etish usuli tufayli ularning chidamliligini oshirish mumkin. Tumanov tekshirishlari bir marta suvsizlangan o‘simlik shundan keyingi suvsizlanishga ancha chidamli bo‘lib, ikkinchi marta suvsizlanish va so‘lish ularga ancha kuchsiz ta’sir qilganligini ko‘rsatadi. P.A.Genkel chiniqtirishni urug‘ning unayotgan paytida o‘tkazishni tavsiya etdi. Bu usul bo‘yicha urug‘ endigina unayotgan vaqtda bir martadan uch martagacha quritiladi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ekishdan oldin chiniqtirish qurg‘oqchilik vaqtlarida bug‘doy xosilini sezilarli darajada oshiradi. Genkelning tushuntirishi bo‘yicha, organizm rivojlanishining dastlabki vaqtlarida kuchliroq chiniqadi.

O‘simliklarning qurg‘oqchilikka bo‘lgan chidamliligini oshirishda o‘g‘itlarni qo‘llash ham ma’lum ahamiyatga ega. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlarda kaliy, fosfor, qisman azot va ayrim mikroelementlar (bor, rux, mis, alyuminiy va boshqalar) ta’siridan o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi ancha oshganligi ko‘rsatilgan. Ammo azot ko‘proq qo‘llanilganda, aksincha, chidamlilik pasaygani ta’kidlanadi.

Qurg‘oqchilik ta’siriga nisbatan chidamli navlarni tanlash va ulardan foydalanish xam katta ahamiyatga ega. Bunday navlar fermentlarning sintetik qobiliyati yuqori, bog‘langan suv miqdori ko‘p, hujayra shirasining konsentratsiyasi nisbatan yuqori, mustahkam pigmentlar tizimi, suvni saqlash qobiliyati kuchli va organik moddalarni to‘plash qobiliyati yuqoriligi bilan farq qiladi. Bu ko‘rsatkichlar qurg‘oqchilikka chidamlilikning fiziologik va biokimyoviy tabiatini tavsiflaydi.




Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin