Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi tuproqlar geografiyasi


Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə13/154
tarix07.01.2024
ölçüsü0,67 Mb.
#209223
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154
Tabiiy fanlar fakulteti geografiya va iqtisodiy bilim asoslari k-hozir.org

Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg‘ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog‘ yonbag‘irlariga keltirilib, tо‘planishidan hosil bо‘ladigan yotqiziqlarga aytiladi. Delyuvial jinslar materiallari ancha saralanganligi va yaxshi qatlamli bо‘lib, odatda yonbag‘irga parallel yо‘nalishda joylashuvi bilan farqlanadi. Delyuviy О‘rta Osiyodagi suv ayirg‘ichlarning yon bag‘irlari va daryo vodiylarining yuqori terrasalarini qoplagan. Kо‘pincha elyuviy va delyuviy chegarasini aniqlash qiyin bо‘lganda, ularni alohida elyuviy-delyuviy guruhiga kiritiladi. Delyuviyning kimyoviy va mineralogik tarkibi dastlabki jinslarga nisbatan biroz о‘zgarishi bilan farqlanadi.
Allyuvial yotqiziqlar va allyuviy – doimiy oqar suvlar – daryolar faoliyati bilan bog‘liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bо‘ylarida kо‘p tо‘planadi.
Allyuvial yotqiziqlar qatlamli va yaxshi saralanganligi bilan, kо‘pincha sohil allyuviysi uchun qatlamli, о‘zan allyuviysiga qing‘ir-qiyshiq qatlamli tuzilish xarakterli. Sohil allyuviysi asosan qumoq va soz jinslardan iborat bо‘lib, qoldiq qayirlarda organik moddalarga boy allyuviy tо‘planadi. О‘zan allyuviysi odatda turli о‘lchamli zarrachalardan iborat qumdan tashkil topgan bо‘ladi.
Allyuvial yotqiziqlar Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Chirchiq, Ohangaron, Murg‘ob, Tajan daryolari vodiylarida, sohil va deltalarida keng tarqalgan bо‘lib, kо‘pgina gidromorf tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Kо‘l – allyuvial yotqiziqlar – kо‘l va allyuviy jinslardan tashkil topgan. Bu jinslar bahorda erigan muz suvlarining pastqam tekisliklardagi havzalarida hosil bо‘ladi. Kо‘l – allyuvial yotqiziqlarning mexanik tarkibi xilma-xil, asosan qumli va kо‘ndalang qatlamli tuzilishga ega.
Kо‘l yotqiziqlari qadimgi pastqam joylarni tо‘ldirib, tarkibining loyli va qatlamli bо‘lishi bilan ajralib turadi. Jumladan, muzliklar oldida hosil bо‘lgan kо‘llardagi muz-kо‘l yotqiziqlarida lentali loyli qatlam yaxshi ifodalangan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin