Amaliy mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: Fanining tadqiqot ob’yekti. Tuproq to‘g‘risida tushuncha. Uning tabiiy hosila ekanligi. Tuproqlarni o‘rganishning iqtisodiyot uchun muhimligi. Tuproqlarni o‘rganish usul (metod)lari. Fanining maqsad va vazifalarini o’rganish.
Amaliy mashg’ulotning jihozlanishi: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qo‘llanmalar, ishchi dastur, tuproqlar kartasi, slaydlar, qog‘oz va markerlarda foydalanish.
Amaliy mashg’ulotda qo’llaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va « Kеys‑stadi » va boshqa metodlaridan foydlanish.
Nazariy qism Tuproq deyilganda, yer yuzasining eng ustki g‘ovak holdagi unumdorlik xususiyatiga ega bо‘lgan qatlami tushuniladi.
XIX asrning oxiriga kelib tuproqning paydo bо‘lishiga ta’sir etuvchi omillar va jarayonlar haqidagi ilmiy nazariya hamda uning geografik tarqalish qonuniyatiga asos solgan rus olimi Vasiliy Vasilyevich Dokuchayev: ,,Tuproqdeganda suv, havo hamda turli tirik va о‘lik organizmlarning birgalikdagi ta’sirida tabiiy о‘zgargan tog‘ jinslari (qanday bо‘lishidan qat’iy nazar)ning ,,yuza” yoki tashqi qoplami tushuniladi”, deb ta’rif bergan. Demak, kо‘rinib turibdiki, tuproq mustaqil tabiiy jism bо‘lib, о‘ziga xos tabiiy omillar, tirik organizmlarning о‘zaro ta’siri oqibatida turli tog‘ jinslaridan paydo bо‘ladi. V.V.Dokuchayev ta’kidlaganidek: ,,Har qanday tuproq joyning tog‘-ona jinslari, iqlim, о‘simlik va relyefining о‘zaro faoliyat yig‘indisi mahsulidir” .
Tuproqlar geografiyasi tabiiy-ilmiy fan sifatida paydo bо‘lganiga bir asr bо‘libdi. Fan – bu tartibga va tizimga keltirilgan bilimlar majmuasi bо‘lsa, har qanday bilimlar ikki tarkibiy qismlardan iborat bо‘ladi: obyekt va usul (metod). Ob’ekt – bu tushunarli: gap nima haqida ketmoqda, nima tadqiq qilinadi. Usul esa – bu obyekt qanday о‘rganiladi demakdir. Shundan kelib chiqiladigan bо‘lsa, ,,Tuproqlar geografiyasi”ning tadqiqot obyekti-bu tuproq qoplami, aniqrog‘i tuproqlarning tarqalishi va ularning sabablaridir.