Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə8/20
tarix31.12.2021
ölçüsü0,87 Mb.
#49711
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy kuchli qaytaruvchilikka ega. Nartiy barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Nartiy kislorodda yonganda peroksid hosil bo‘ladi:

2Na + O2 = Na2O2

Ishqoriy metallardan faqat litiygina kislorod bilan reaksiyaga kirishib, oksid hosil qiladi:

4Li + O2 = 2Li2O

Sof Na2O ni olish uchun ularning peroksidalariga metall ta‘sir ettiriladi:

Na2O2 + 2Na = 2Na2O

Havoda natriy juda tez oksid qatlam bilan qoplanadi. Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi.

Natriy galogenlar bilan xloridlar, vodorod bialn esa gidridlarni hosil qiladi:

2Na +Cl2 = NaCl; 2Na + H2 = 2NaH

Natriyning oltingugurt bilan ta‘sirlashuvidan sulfidlar olinadi:

2Na+S=Na2S

Natriy metlallmaslar bilan birikmalari ion bog‘li qattiq modda moddalar.

Natriy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta‘sirlashadi. Natijada natriy gidroksid va vodorod hosil bo‘ladi:

2Na + 2H2O = 2NaOH + H2

Natriy kislotalar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi(masalan, HCl, HBr, Hl, H2S, H2SO4 (suyul) va boshqalar). Natijada, vodorodni siqib chiqarib, tuz hosil qiladi:

2Na + 2HCl = 2NaCl + H2


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin