Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta'sirini o'rganish
2
5
Ovqat rasionini tuzish printsiplari Ta'lim tarbiya ishlari gigienasi baxolash.
2
6
O'quv muassasalarining o'quv xonalari, ustoxonalar va sport zallari va ularning jihozlarini gigienik baholash
2
7
Ta'lim tarbiya ishlari gigienasi baxolash. Dars va dars jadvalini gigienik baxolash.kun tartibini gigienik baxolash
2
8
Oliy nerv faoliyatiningtipini aniqlash
Jаmi:
16
Talaba amaliy mashg’ulot ishlari bo’yicha hisobotlarini masofaviy ta’lim platformasiga kiritadi.
Nazorat darslari Nazorat darslari talabalarning fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
T.r.
Nazorat turi
soat
1.
Kirish nazorati (fan mashg’ulotlarini boshlashdan oldin ma’ruza mashg’ulotida anketa-so’rovnomasi tarzida o’tkaziladi, talabalarning dastlabki bilimlari aniqlanadi, talabalardan darsni tashkil etish bo’yicha taklif, tavsiyalar olinadi va shular asosida darslarning tashkil qilinishiga o’zgartirishlar kiritiladi)
-
2.
1-ON (talabalarning 1-3 modullar bo’yicha amalga oshirgan ishlari portfolio shaklida yig’iladi va baholanadi)
-
Yakuniy nazorat, chiqish nazorati (test)
2
Jami
2
Grafik organayzerlar Grafik organayzerlar ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarida talabalar o’quv materiallarini samarali o’zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba’zilari keltirilgan.
1) BBB jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo’llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo’yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo’yadi. Dars so’ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo’yadi.
2) Insert usuli. Bu usul matnni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o’z belgilarini qo’yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “v” – zarur; “–“ - xato; “Q” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” - ko’chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.
3) Klaster sxemasi
Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo’llaniladi. Masalan, talaba o’tilgan mavzu bo’yicha klaster tuzishi mumkin.
O’rtaga kalit so’z, tarmoqlarga unga bog’liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o’z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.
4) Venn diagrammasi
O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ularning o’xshash va bog’liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o’zaro bog’liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.