11-rasm Dumsizlarning tashqi muhitdagi tuxum hujayralari.
12- rasm Lichikaning rivojlanish bosqichlari
1- tuxum hujayrasi; 2-7 – gacha itbalqning rivojlanish bosqichlari; 8- voyaga yetgan amfibiyalar
Amfibiyalarning yashash sharoiti, tarqalishi va iqtisodiy ahamiyati.
Suvda va quruqlikda yashovchilar sovuq qonli(poykilotyerm) hayvonlar bo`lib, bularning gavda temperaturasi tashqi muhit temperaturasiga bog`liqbo`ladi. Yana bularning tana harorati atrofdagi muhitning namligiga ham bog`liqbo`ladi. Amfibiyalarning yalang`och terisi hamma vaqt nam bo’ladi, chunki kislorod suv pardasi orqaligina diffuziya eta oladi. Тyerining ustidagi nam doim bug`ga aylanib turadi. Atrofda-gi muhitda namlik qancha kam bo’lsa, teri ustidagi nam shuncha ko’p bug`lanadi. Тyeridagi namning bug`lanishi gavda temperaturasining pasayishiga sabab bo’ladi. Shu sababli havo qancha quruq bo’lsa, gavda tem- pyeraturasi shuncha past tushadi.
Amfibiyalar namlik bilan temperaturaga ko’p jihatdan bog`liq bo’lganligi uchun sahrolarda va qutb tomonlarda deyarli uchramaydi.Boshqacha aytganda, tropiklardan shimolga va janubga hamda toqqa qarab borganda amfibiyalarningturlari soni kamayib boradi. Masalan, qutb doirasida faqat o’t baqasi, o’tkir tumshuqli baqa va sibir to’rt barmoqli tritoni tarqalgan. Yoki Kavkazda amfibiyalarning 12 turi uchrasa, maydoni Kavkazdan 6 baravar ko’p keladigan O’rta Osiyoda hammasi bo’lib 2 ta tur: ko’l baqasi bilan ko’k qurbaqa uchraydi. Issiqlik amfibiyalar hayotining asosiy omili hisoblanadi.
Тempyeratura +7+8° S bo’lganda ko’p turlari karaxt bo’lib qoladi, -2° S da esa nobud bo’dadi. Suvning qarorati past bo’lsa, tuxumi va lichinkasi rivojlanmaydi.Amfibiyalar sho’r suvda va juda sho’r tuprokda hayot kechira olmaydi.Aniqlanishicha, ular 1-1,5% dan ko’p konsentrlangan sho’r suvlarda yashay olmaydi. Shuning` uchun ham amfibiyalarning 65% dan ko’prog`i chuchuk suv qirg`oqlarida yashaydi.
Siklliligi. Bularda sutka va fasl siklliligi bor. Тinch va faollik davrlari to’g`ri tartib bilan almashinib turadi. Amfibiyalarga yil yoki sutkaning faqat bir qismidagina yashash uchun qulay na-mlik bilan temperatura sharoitlari bo’ladigan yerlarda hayot kechirishga imkon byeriladi.
Sutka siklliligi suvda va quruqlikda yashaydigan turlarida har xil bo’ladi. Qurbaqalar, bo’z baqalar va tritonlar kabi quruqlikda yashaydigan turlari kechasi faol hayot kechiradi. Jyerlyankalar, yashil baqalar yozda sutka davomida faol hayet kechiradi.
Yillik siklliligi har xil temperatura va namlik sharoitlarida turlicha bo’ladi hamda hayot sharoiti yil mavsumining keskin o’zgarishiga bog`liq. Тempyeraturasi va namligi doimo bir xil bo’ladigan tropik o’rmonlarda to’g`ri o’tadigan fasl siklliligi bo’lmaydi. Тropik sahro va savannalarda temperatura doimo yuqori bo’lib, yog`ingarchilik bilan qurg`-oqchilik davrlari tez-tez almashinib turganligidan, yillik sikllilik yaqqol ko’rinadi. Qurg`oqchilik davrnda amfibiyalarning qurukliqda yashay-diganlari uyquga ketadi. Bu yozgi uyquga ketish deyiladi.
Subtropik o’rmonlardan temperatura mavsumga qarab ancha o’zgarib turadigan qutblar tomoniga borgan sari endi namlik emas, balki temperatura fasl siklliliga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omil bo’lib qoladi: bu o’rinda qishki uyquga ketiladi.Bizning sharoitimizda o’rtacha sutkalik temperatura 8-12° C ga pasaysa va kechasi +3+5° S bo’lsa, amfibiyalar qishlash joylariga qarab ko’cha boshlaydi, oktabr oylaridan boshlab qishlash joylariga borish uchun qilingan migratsiyada ba’zi turlar bir necha kilometrga borishi mumkin. Yashil baqalar suvda (daryo, ariq, ko’l) gala bo’lib chuqur, muzlamaydigan joylarda (tosh ostida, suvo’tlari orasida yoki loyga ko’milib) qishlaydi. Qurbaqalar, jyerlyankalar, tritonlar, salamandralar chuqurliklarda (quruqyaikda), kemiruvchilarninguyasi, ildiz chirindilarida, tosh va to’nka ostida qishlaydi. Qishda amfibiyalarning moddalar almashinuvi juda susayadi, suv ajralish kamayadi va hokazo.Qurg`oqchilik va qattiq qishlar amfibiyalarning soni keskin ka-mayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |