III.Xullosa………………………………………………………………………..41
IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….….42
KIRISH
Hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga ta’lim – tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o’rgatishga kata e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasida yagona va uzliksiz ta’lim tizimi joriy etila boshlagach, har bir ta’lim turi bo’yicha ma’lum maqsadli vazifalarni bajarish lozimligi ayon bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta’lim tizimida ro’y berayotgan o’zgarishlar umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi boshqa o’quv fanlari qatori kimyo predmetining o’qitilishini ham tubdan yangilanishini talab etmoqda.
Kimyo ta’lim konispsepsiyasiga muvofiq kimyo ta’limning yo’nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi o’quvchilarning siyosiy –g’olbiy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo’lgan ijobiy munosabatini shakllantirish kasbga yo’naltirishni ko’zda tutadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, yurtimizda 1997 – yildan boshlab hozirga qadar 2 trillion 368 milliard 730 million so’m mablag’ sarflab, 1364 ta kasb – hunar kolleji, 137 ta akademik litsey bunyod etganimiz barcha uzoq va yaqin qo’shnilarimizning, jahon hamjamiyatining e’tibori va xavasini o‘ziga tortayotgani albatta bejiz emas. Respublikamiz ta’lim tizimida tub islohatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak, ma’naviytli, ma’daniyatili o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muommolardan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy o’quv yurtlari muhum o’rin egallamoqda. O’tgan davr mobaynida ularning soni ikki barovar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy oquv yurtida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlanadiganidek: “Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellectual bilimlarga ega bo’lgan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun ularga zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”. Shu jihatdan mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar o’quv jarayoniha nosbatan o’zgacha mazmun, o’zgacha talab va o’zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayoni mazmun jihatdan avvalgidan tubdan farqlanadi.
Ilg’or pedogogik texnologiya “Ta’lim tog’risidagi ” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ” asosida olib borayotgan tub islohatlar asosiy yo’nalishlarining bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Mamlakatimizda kimyo sanoatining kimyoviy ta’limni rivojlantirish bilan chambarchas va uzviy bog’liq. XXI asrga kelib ta’limning turli bo’g’inlarida (maktablar, akademik litseylar, kasb – hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlari ) kimyoviy ta’limni takomillashtirishni hayotning o’zi taqazo etmoqda. Chunonchi, hozirgi zamon odami qanday kasbni egallashdan qa’tiy nazar minglab turdagi tabiiy, sun’iy va sintetik usullarda olingan oziq – ovqat, dori – darmon, kiyim –kechak va sanoat mahsulotlaridan foydalaniladi. Mazkur mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va xossalarini har bir kishining bilishi ulardan to’g’ri, oqilona va tejamli foydalana olishlari uchun ham juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |