Tabiiy gazlarni ajratish



Yüklə 55,76 Kb.
səhifə2/6
tarix16.04.2023
ölçüsü55,76 Kb.
#99012
1   2   3   4   5   6
Tabiiy gazlarni ajratish

СН4 6Н2О;С2Н6 8Н2О;С3Н8 17Н2О;i С4Н10 17Н2О;Н2S 6Н2О;
N2 6Н2О;CO2 6H2O.
Gidratlar ko’rishini – oq kristal moddalar bo’lib, hosil bo’lish sharoitiga ko’ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o’hshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to’la bo’ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo’ladi.
Gaz gidratlari hosil bo’lishi quvurlar va jihozlarda tiqinlar hosil qilishi tufayli ko’ndalang kesim yuzasi kichrayishiga olib keladi.
Neft va gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo’lishiga qarshi kurashda ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda nam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi va natijada suv bug’lari bosimi hamda gidratlar hosil bo’lish temperaturasi pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo’lish temperaturasi pasaytirilishini Gamershmidt tenglamasi yordamida aniqlash mumkin:
Δt = 0,556 K/M ∙ w/100 - w
bu yerda: Δt- ma`lum bosimdagi gidratlar hosil bo’lishni pasayish temperaturasi, 0C; w- ingibitor massa ulushi,%; K-o’zgarmas (metanol uchun K=2335; glikollar uchun K=4000); M- ingibitor molekulyar massasi.
Gidratlar hosil bo’lishiga qarshi ingibitorlar sifatida metanol va gazlarni quritishda glikollar keng qo’llaniladi. Metanol (CH3OH) – metil spirti bo’lib, gaz oqimiga kiritilganda suv bug’larini yutadi va ularni past muzlash haroratidagi suvli spirt eritmasiga o’tkazadi.
Glikollar ham suv bug’iga to’yingandan keyin separatorlarda ajratiladi va so’ngra qayta tiklanadi.
Ingibitorlar sifatida kalsiy xlor (CaCl2) eritmasi va litiy xlor ham ko’p qo’llaniladi. Gidratlar hosil bo’lishini oldini olishni yanada samarali usuli bu gazlarni quritishdir, bunda namlik miqdori keskin kamayadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishni keng tarqalgan usullari mavjud:

  • suyuq yutuvchilar – glikollar (mono, di, tri etilen glikollar)

  • qattiq yutuvchilar – (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik seolitlar va boshqalar.

Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo’llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo’llash ikki ko’rinishda bo’ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion.
Ma`lumki kondan chiqadigan gaz tarkibi suv bug’lari, N2, CO2, H2S meхanik qo’shimchalar kabi qo’shimchalar bo’ladi. Gazni bunday qo’shimchalarning tozalash GQIZ ga uzatishda bir qator salbiy holatlarga olib keladi.
Ushbu qo’shimchalar uzatish quvurlarida gidrat hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Asosan engil gazlar metan, etan, propan, izobutan, argon N2, CO2, H2S gidrat hosil qiladi. Gidrat hosil bo’lishi gazning tarkibiga va termodinamik sharoitga (bosim va temperaturaga) bog’liq. Shuningdek, gidrat hosil bo’lishi suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga ham bog’liq. Tuz miqdori ortishi bilan gidrat hosil bo’lishi temperaturasi pasayadi. Gidrat muz yoki zichlashgan qor shaklida bo’ladi. Gidratlar quvurning o’tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga nagruzka tushadi, quvurlar, jihozlarning korroziyasiga sabab bo’ladi2.
Gidrat hosil bo’lishiga qarshi kurashda ingibirlash va quritish usullari mavjud. Ingibirlash gidratlanish temperaturasini pasaytiruvchi ingibitorlar – metanol, glikol qo’shiladi. Gaz tarkibiga ingibitor qo’shganda suvda eriydi, suv bug’lari bosimi pasayib, gidrat hosil bo’lish temperaturasi pasayadi.
Metanol yuqori to’yingan bug’lari bosimiga ega bo’lib, gazdan ajratish qiyin, regenerasiyalash qiyin, yo’qotish katta. SHuning uchun metanol asosan quduq, shleyf, magistral quvurlarda gidrat probkalarini bartaraf qilish uchun qo’llaniladi. Regenerasiya qilinmaydi. SHuningdek, NTSda drossellash va siqishda gidratlanishni bartaraf qilishda (og’ir uglevodorodlarni ajratish maqsadida) ishlatiladi.
Ingibitor sifatida glikollar EG, DEGlar keng ishlatiladi (metanol qimmat bo’lsada)regenerasiya qilish oson (bug’latib).
Kontakt yuzasini oshirish, bir tekis taqsimlash maqsadida ingibitor gaz oqimi forsunkalar yordamida purkaladi. Apparatga kirishda yoki apparat ichida. Q.T.I.A. truba to’riga beriladi.


Yüklə 55,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin