Og’ir gaz kondensatlari Respublikamizning qator gaz konlaridan olinadi. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, ularda dizel yonilg’isiga qaraganda yengil fraksiyalari ko`proq ekan. Bu jihat dizelning ishga tushish xususiyatlarini yaxshilashi va o`z-o`zidan alangalanishigacha bo`lgan davrda yonish kamerasida bug’lanishni jadallashtirishga olib kelishi kerak. Shu bilan birga, smolali qoldiqlar, ishlatilgan gazlarda tutun hosil qiladigan og’ir fraksiyalar miqdori mazkur gaz kondensatlarida standart yonilg’iga qaraganda sezilarli darajada kam bo`ladi va u dizel xususiyatlariga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Ko`pgina gaz kondensatlarining setan soni 40-65 oraliqida, ya`ni dizel yonilg’inikiga teng yoki biroz yuqori bo`ladi. Bu jiqat odatdagidek rostlashlarda IYOD -ning ancha ravon ishlashini ta`minlaydi. Gaz kondensatlarining zichligi va qovushoqligi, odatda, dizel yonilg’isinikidan kam bo`ladi, bu esa dizel yonilg’isiga mo`ljallangan yonilg’i tizimidagi sikl davomida beriladigan yonilg’i miqdorining biroz kamayishiga va purkash bosimining pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar dizel ko`rsatkichlari andoza yonilg’ilarda ishlagandagi ko`rsatkichlardan sezilarli darajada yomonlashadigan bo`lsa, gaz kondensatlarining qovushoqligini maxsus quyuqlashtirgichlar, masalan, poliizobutilen yoki dizel yonilg’isi qo`shib oshirish mumkin. Natijada standart yonilg’iga bo`lgan talab 40-50 % kamaddi.
Qator gaz konlaridan olinadigan gaz kondensatlari tarkibida eng zararli modda - oltingugurt bo`ladi. Ba`zi qollarda ularning miqdori 3 % gacha etadi va bu gaz kondensatlarini (IYOD) lari uchun yonilg’i sifatida ishlatishni cheklab qo`yadi. Gaz kondensatlari tarkibidagi oltingugurtni kamaytirish uchuí maxsus texnologiya qo`llash talab etiladi, bu esa gaz kondensatlari ishlab chiqarishni qimmatlashtiradi. Biroq, O`rta Osiyo regionida ishlab chiqariladigan gaz kondensatlarining tannarxi IYOD larida qo`llaniladigan standart yonilg’ilarnikidan bir necha marta arzonga tushadi. Chunki gaz kondensatlaridan gaz konlari yaqinidagi tuman-larda foydalaniladi, shuning uchun tashib keltirishga sarflanadigan xarajatlar standart yonilg’ilarnikiga nisbatan kam bo`ladi.