Tabiiy sharoitda o‘simlik va hayvonlardagi shaxsiy o‘zgaruvchanlik Organizmlarning ko‘payishi tezligi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#163072
1   2   3   4   5   6
Tabbiy va suniy tanlanish

Tabiiy tanlanishning shakllari


Stabillashtiruvchi tanlanish. Organizmlar yashayotgan muhit sharoiti davrlar o‘tishi bilan asta-sekin o‘zgara borishi yoki nisbatan o‘zgarmay qolishi mumkin. Har ikki holda ham muayyan sharoitda yashayotgan individlarning ba’zilarida mutatsion, kombinativ o‘zgarishlar bo‘lishi, boshqalarda esa oldingi avlodlarga o‘xshash belgi-xossalar saqlanishi tabiiydir. Muhit-sharoitning ko‘p va oz darajada doimiyligi natijasida bir turga mansub individlar orasidan tabiiy tanlanish avlodlarga xos belgi-xossalarga ega bo‘lgan, ya’ni shu sharoitga moslashgan individlarni saqlab, keskin irsiy o‘zgarishga ega individlarni nobud qiladi. Buning oqibatida, masalan, qadimgi panjaqanotli baliqlar avlodi latimeriya, sudralib yuruvchilardan gatteriya, sutemizuvchi hayvonlarning tuxumidan ko‘payuvchi, shuningdek, xaltali xillari, ochiq urug‘li o‘simliklardan — ginkgo biloba bir necha million yillar davomida deyarli o‘zgarmagan holda saqlanib kelmoq da. Tashqi muhitning deyarli o‘zgarmas mo‘tadil sharoitda avlod-ajdod belgilari o‘zgarmagan individlarning saqlanib qo lishi, o‘zgarganlarining esa qirilib ketishiga stabillashtiruvchi tanlanish deyiladi.
Tabiatda haqiqatdan ham stabillashtiruvchi tanlanish mavjud ekanligini ko‘pgina misollarda ko‘rish mumkin. Masalan, 1892yili Shimoliy Amerikada qattiq qor bo‘ronidan so‘ng Bempes tomonidan 136 ta o‘rtacha chalajon chumchuqlar issiqroq xona- ga keltirilganda, ulardan 72 tasi tirilgan, 64 tasi esa o‘lgan. Ular tekshirilganda tirik qolgan chumchuq qanotlari o‘rtacha uzunlikda, o‘lganlarning qanoti nisbatan uzun yoki qisqa ekanligi ma’lum bo‘lgan. Stabillashtiruvchi tanlanish ta’siri odamlarda ham uchraydi. Normal odamlar hujayrasida 44 ta autosoma va 2 ta jinsiy xromosoma borligini bilasizlar. Agar ayolning urug‘langan tuxum hujayrasida 44 ta autosoma va bitta Y xromosoma bo‘lsa, boshqacha aytganda X xromosoma yetishmasa, u holda homila ona qornida 2—3 oydan so‘ng rivojlanmay qoladi va tabiiy abort ro‘y beradi.
Harakatlantiruvchi tanlanish. Muhit sharoiti o‘zgargan taqdirda u yoki bu turga kiruvchi individlar orasida irsiy o‘zga ruvc hanlikka, shu bilan yangi sharoitga anchagina mos keladigan belgi-xossalarga ega organizmlar saqlanib qolib, o‘zgarmagan organizmlar nobud bo‘ladi. Darvin besh yillik safar chog‘ida kuchli shamol tez-tez bo‘ladigan okean orollarida uzun qanotli hasharotlar kam, rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlarning

Tabiiy tanlanish formalari:
Stabillashtiruvchi (A), harakatlantiruvchi (B) va dizruptiv (C) tanlanish- ning ta’sir etish sxemasi. F—avlodlar. Populyatsiya to‘lqinidagi qirilib ketgan variantlar shtrixlar bilan ifodalangan. Bir avlod ichidagi tanla nishning aylana yoy ko‘lami uning reaksiya normasiga mos.
ko‘pligini uchratgan. Olimning izohlashicha, bunday orollarda qattiq shamol bo‘lishi tufayli normal qanotli hasharotlar unga bardosh bera olmasligi sababli shamol ularni uchirib, halok etgan. Rudiment qanotli va qanotsiz hasharotlar mutlaqo havoga ko‘ta rilmay, turli yoriq, kovaklarga yashirinib olganlar. Bu jarayon ko‘p ming yillar davom etishi tufayli irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish okean orollarida hasharotlarning uzun qanotlilarning kamayishiga, rudiment qanotli va qanotsiz individlarining kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan. Organizmlarning yangi belgi-xossalarining hosil bo‘lishi va rivojlanishini ta’minlaydigan tabiiy tanlanish xili harakatlantiruvchi tanlanish deb ataladi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin