etilen polietilen
bunda etilen-monomer, polietilen-polimer, -CH2-CH2-elementar (takrorlanuvchi) bo’lak.
Polimerlanish reaksiyasida olingan polimerning tarkibi monometr tarkibiga aynan
o’xshaydi, bu reaksiyalar qo’shbog’, uchbog’I bo’lgan yoki siklik tuzilishli organic
moddalarga xos.
Sintetik polimerlar tabiiylarga qaraganda ko’p tarqalgan. Shunga qaramay sanoatda
va turmushda eng ko’p ishlatiladigan ommabop tabiiy polimer sellulozadir. Uning
xosslari va makromolekulasi tuzilishining o’ziga xosligi ma’lum darajada qog’oz
va ip gazlama xosslalarini belgilaydi. Selluloza turli kimyoviy reagentlar ta’sirida
sun’iy tolalar va tutinsiz poroxga aylanishi mumkin.
Polimer materiallar uch asosiy gruppa: plastik massalar, kauchuklar va kimyoviy
tolalarga bo’linadi.
Olinish usullariga qarab polimerlarni uchta turkumga bo’lish
mumkin: tabiiy (masalan, oqsillar, nuklein kislotalar, selluloza, tabiiy
kauchuk), sintetik (masalan, polietilen, polivinilxlorid, polistrol va boshqalar)
va sun’iy polimerlar (ular tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiya qilinib
olinadi, masalan, selluloza efirlari).
Polimerlar fraksiyalarga ajratilganda polidispers holatda bo’ladi. Ular uchun
o’rtacha molecular massa tushunchasidan foydalaniladi. O’rtacha molecular massa
polimerlarning olinishiva molecular massasi aniqlash usullariga bog’liq.
Polimerlarning kimyoviy xosslalari elementar halqaga bog’liq bo’lsa, ularning
fizik-kimyoviy xossalari makromolekulalarning ma’lum bo’laklari yoki
segmentlarining tabiatiga bog’liqdir. Makromolekulasidagi segmentlar erish yoki
deformatsiya jarayonida kinetik mustaqil holda harakat qiladi. YMB ning
makromalekulari, asosan, uch xil ko’rinishda bo’ladi: chiziqsimon, tarmoqlangan va to’rsimon
.
Chiziqsimon polimerlar ancha pishiq, elastik uning past
konsentrasiyali eritmasi yuqori qovushqoqlikka ega. Chunki ularda
makromolekulalarning chiziqli orientatsiya darajasi yuqori. O’rtacha molekulyar
massasi bir xil bo’lgan tarmoqlangan polimerlar chiziqsimon polimerlarga
qaraganda ko’proq eriydi va eritmaning qovushqoqligi kamroq bo’ladi. Chunki
bularda makromolekulalar zich joylashmagan bo’lib, o’zaro ta’sir kuchi kamroq.
Torsimon makromolekulalar, umuman erimaydi va temperatura ko’tarilishi bilan
suyuqlanmaydi, chunki ularda makromolekulalar o’zaro kimypviy bog’lar orqali
bog’langan. Ularning xosslalari makromolekulalar o’rtasidagi ko’ndalang
kimyoviy bog’larning tabiatiga va qanday joylashganligiga bog’liq. Bu bog
’lar miqdorining ko’payishi bilan to’rsimon polimerning qattiqligi va issiqlikka
chidamliligi ortadi, deformatsiya uchrash qobiliyati pasayadi. Bulardan tashqari,
polimerlar temperatura, mexanik ta’sir etuvchi kuch va boshqalarga qarab uch
holatda bo’lishi mumkin.
Sopolimerlanish
Sopolimerlanish - 2 yoki undan ortiq turli monomerlar ishtirokidagi
polimerlanish. Mas, butadiyenni stirol bilan, vinilxloridni vinilatsetat va
malein angidrid bilan polimerlanishi S.ga misol boʻla oladi. S. xossalari
(modifikatsiyalari) yoʻnaltirilgan oʻzgarishli, shuningdek, yangi xossalarga
ega boʻlgan polimerlar olishda qoʻllanadi, maʼlum monomerlar asosida
olingan polimer materiallar turini yanada koʻpaytirishga imkon beradi.
Sopolimer turlari
Dostları ilə paylaş: |