Yuqori molekulyar birikmalar (YMB) kelib chiqishi bo’yicha 3 ga bo’linadi:
1) tabiiy; 2) sintetik va 3) sun’iy.
Tabiiy YMBlarga o’simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan va ularning hayoti
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan selluloza, kraxmal, oqsillar, nuklein kislota, lignin va tabiiykauchuklar va boshqalar kiradi.
Lignin
Sun’iy YMB
Shun’iy YMB tabiiy yuqori molekulyar birikmalarni kimyoviy qayta ishlash
natijasida hosil qilinadi. Masalan, viskoza va asetat tolalari –sellulozani qayta
ishlash, rezina esa tabiiy kauchukni vulkanlash mahsulidir.
Sintetik YMBlarga sintetik plastik massalar, kauchuklar va sintetik tolalar kiradi. Sintetik YMB tabiatda uchramaydigan va polikondensatlanish reaksiyalari asosida sintez qilib olinadi.
YMB ko’pincha polimerlar (grekcha “poli” –ko’p, “meros” –qism
ma’nosiga ega) ham deb ataladi. Bir necha ming molekulalari o’zaro birikib,
polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deyiladi. Masalan,
quyidagi reaksiyada:
nC H2 = CH2 (-CH2 – CH2-)n etilen-monometr polietilen-polimer
etilen-monometr polietilen-polimer Polimer molekulalari makromolekula ham deyiladi. Makromolekula ko’p marta takrorlanadigan atomlar gruppasi –CH2 – CH2 –struktura birikmalari deyiladi. Polimer molekulasidagin soni monomerning necha molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko’rsatadigan sob bo’lib, polimerlanish darajasi deyiladi.
YMBlar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli-tumandir. Lekin shu bilan bir
qatorda polimer moddalarning o’ziga xos xususiyatlari ham bor. YMBlarning
molekulyar massasi juda katta bo’lib, bir necha mingdan bir necha milliongacha
bo’ladi. Odatda, YMBlar molekulyar massasi turlicha bo’lgan makro-
molekulalarnig aralashmasidan tashkil topgan. Shu sababli, ham polimerlarning
molekulyar massasi uning tarkibiga kirgan makromolekulya molekulyar
massasining o’rtacha qiymatiga tengdir. YMB larning fizik va mexanikaviy xossalari
ko’p jihatdan ularning molekulyar massasiga og’liq. Molekulyar massasining ortib
borishi bilan quyi molekulyar moddalar uchun xarakterli bo’lgan diffuziya,
uchuvchanlik, eritmalardagi xarakatchanlik singari xossalsr asta-sekin yo’qolib,
makromolekulalarning o’ziga xos )bo’kish, yuqori qovushqoqlik, qizidirilganda
haydalmasdan parchalanish kabi) xususiyatlari paydo bo’ladi.
Polimerlarning olinishi va tuzilishi:
Sintetik polimerlar ikki usulda polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari
orqali sintez qilinadi.
Polimerlanish reaksiyasi –quyi molekulyar moddalar –monometrlarning o’zaro
birikib YMB hosil qilish reaksiyadir. Polimerlanish molekulalararo birikish
reaksiyasi bo’lib, bunda polimerdan boshqa qo’shimcha mahsulot hosil
bo’lmaydi.
Polimerlanish monometr tarkibidagi qo’shbog’ning uzulishi yoki halqaning
ochilishi hisobiga yuqori temperatura, bosim, yorug’lik, katalizator ta’sirida sodir
bo’ladi. Polimerlanish reaksiyasining mexanizmi monomerning tabiatiga qarab
zanjirli va bosqichli bo’ladi. Bosqichli polimerlanish sekin, zanjirli esa unga
nisbatan tez ketadi. Zanjirli polimerlanish o’z navbatida radikal va ionli
mexanizmda boradi.
Radikal polimerlanish faol markaz erkin radikallarning hosil bo’lishi bilan boshlanadi.
Erkin radikallar initsiator deb ataladigan moddalar (peroksidlar, azobirikmalar),
issiqlik, yorug’lik hamda katalizatorlar ishtirokida hosil bo’ladi. Erkin radikallar
o’zida toq elektronli zarracha bo’lib, ular juda beqaror, kimyoviy faoldir. Ulat
tezda monometr, masalan, etilen molekulasi bilan reaksiyaga kirishadi. Natijada
etilendan toq elektronga ega bo’lgan yangi radikal hosil bo’ladi va shu tariqa
polimer zanjiri o’sa borib makromolekulaga aylanadi:
Ionli polimerlanishda faol markaz ion hosil bo’lish bilan boshlanadi va katalizator
ishtirokida sodir bo’ladi. Shu sababli ionli polemerlanishni katalitik polimerlanish
deb ham ataladi. Bu jarayonda uchrayotgan zanjir uchida kation yoki anion hosil
bo’ladi. Ular o’zining musbat yoki manfiy zaryadlarini zanjir bo’ylab uzatishi
orqali molekulaning o’sishiga imkoniyat yaratadi. Katalitik polimerlash zanjir
uchida katalizatorning qanday ion hosil qilishiga qarab kationli va anionli bo’ladi.
Kationli polimerlanish kuchli kislotalar yoki Lyuis kislotalari (BF3, AlCl3, TiCl4,