Bolalarga his-tuyg'ularini qanday aniqlash va boshqarish va hissiy jihatdan aqlli bo'lishni o'rgatish uchun siz doimo hamdard bo'lishingiz kerak. Siz o'zingizni qanday his qilayotganingizni va ularning yoshida qanday o'zgaruvchan va boshqarishni qiyinlashtiradigan bu ulkan hissiyotlar va his-tuyg'ular to'lqinini yo'naltirish uchun qanday mexanizmlarga ega ekanliklarini bilishingiz kerak.
Diqqatning neyrofiziologik xususiyatlari va ontogenezda o'zgarishi. Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.
3. DIQQAT TURLARI Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.