Tabiiylik va ijtimoiylikning o’zaro ta’siri Texnika falsafasining vujudga kelishi Texnikaning mohiyati va tadriji


-reja. Texnikaning mohiyati va tadriji



Yüklə 38,1 Kb.
səhifə3/4
tarix12.11.2022
ölçüsü38,1 Kb.
#68766
1   2   3   4
6-мавзу Техноген цивилизация

3-reja. Texnikaning mohiyati va tadriji



Texnika nima? Bu tushuncha ilk bor qadimiy yunon faylasuflari Aflotun va Arastu asarlaridayoq qo’llanilgan. Yunoncha «techne» bir nechta ma’noni- san’at, mahorat, mohirlik degan ma’nolarni anglatadi. «Nikomax etikasi» asarida Arastu techne so’zining empeireia (tajribaviy bilim) va episteme (nazariy bilim) so’zlaridan farqlanishiga e’tibor qaratdi6. Empeireia va episteme tabiiy predmetlar to’g’risidasi bilimlardan iborat bo’lsa, techne – inson faoliyati va mehnati natijasida yuzaga keladigan va sun’iy mehnat qurollarini yaratish to’g’risidagi bilimlardir. Texnikaning mohiyatini tushuntirib beradigan boshqa atama ham mavjud. Masalan, V.A.Kanke shunday deb yozadi: «Inson tomonidan ishlab chiqarilgan obyekt ko’pincha artefakt deb ataladi. Lotincha «artefaktum» aynan sun’iy tarzda bajarilgan degan ma’noni anglatadi»7.
Texnikaviy tizimlarning murakkablashib va rivojlanib borishi bilan «texnika» degan so’zning mazmuni ham o’zgaradi. Masalan, Nyuton davrida «texnika» atamasi ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan barcha uchta vosita yig’indisini anglatgan. Mashinalar yaratilgach (birinchi dvigatel 1776 yilda, elektromotor esa 1867 yilda yaratilgan), texnika deganda eng avvalo mashinalar va mexanizmlar tushunilgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti texnika hodisasini anglash jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsatdi va bu tushunchaning predmet maydonini sezilarli ravishda kengaytirdi.
Ilgari texnikaning ta’siri ko’proq uning dastlabki tarqalish chegarasi – moddiy ishlab chiqarish doirasi bilan chegaralangan edi, buning natijasida texnika ustun darajada mehnat qurollari bilan tenglashtirilgan edi. Endilikda bu doira shu qadar kengayib ketdiki, u mohiyatan, jamiyati hayotining barcha asosiy sohalarining o’ziga qamrab oladi. Bugungi kundaa transport va telekommunikasiya vositalari, inshootlar va qurilish mexanizmlari, elektr va issiqlik qurilmalari, ilmiy asbob-uskunalar va urush olib borish vositalari – barchasi texnika degan nom bilan ataladi. O’z vazifasi va tabiatiga ko’ra rang barang bunday obyektlarni birgina tushuncha bilan qamrab olish murakkab. Shu sababli «texnika texnik qurilmalar, mehnat qurollari, mashinalar, stanoklar, inshootlar majmuidir»8, «texnika artefaktlar majmuidir» degan ta’riflar yetarli emasdek tuyuladi. Texnika inson tomonidan tashqi dunyoni o’zgartirish vositasi, inson yashaydigan muhit hamda insonning mavjudligi timsolidir.



Yüklə 38,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin