Tabiiylik va ijtimoiylikning o’zaro ta’siri Texnika falsafasining vujudga kelishi Texnikaning mohiyati va tadriji



Yüklə 38,1 Kb.
səhifə4/4
tarix12.11.2022
ölçüsü38,1 Kb.
#68766
1   2   3   4
6-мавзу Техноген цивилизация

Техника тадрижи
Texnika tarixi inson tafakkurining behisob yutuqlarini: ixtirolar, kashfiyotlar, noyob obyektlar va qurollarni o’z ichiga oladi. Shu bilan birga u faqat yangi texnika vositalarini ixtiro etishdan iborat emas. Texnika tarixi faqat tarixiy jarayonning umumiy mantiqi nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi kerak.
Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida texnikaning takomillashib borishi kuzatiladi. Dastlab e’tibor moddiy-substrat darajaga qaratilgan: qurollar tobora chidamliroq materiallardan (tosh, mis, bronza, temirdan) tayyorlanadi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga oid tushunchalar ham shundan kelib chiqadi: tosh asri, bronza asri, temir asri va boshqalar. Jamiyat taraqqiyotining sanoat bosqichigacha bo’lgan davrda texnika asbob nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo’lgan, ya’ni texnika – insonning tabiiy a’zolari imkoniyatlarini kengaytiriuvchi qurol hisoblangan.
Keyinchalik ixtirochilarning e’tibori energetik darajaga qaratilgan: energiyaning yangi va samarali turlarini izlab topish harakati boshlandi. Sivilizasiya taraqqiyotining sanoat bosqichida mashina texnikasi hal qiluvchi rol o’ynaydi, uning mukammallashuvi esa energiyaning yangi manbalari va turlaridan foydalanish bilan bog’liqdir. Insonning texnikaga munosabati ham o’zgardi, u mashinaning o’ziga xos va jismoniy qo’shimtasiga aylandi.
Keyingi o’n yilliklarda e’tibor axborot darajasiga qaratila boshladi. Jamiyat taraqqiyotini belgilovchi texnikaviy tizimlar axborotni uzatish va unga ishlov berish vositasiga aylana bordi. Taraqqiyotning axborot texnologiyalari hal qiluvchi rol o’ynaydigan sanoat bosqichida insonning o’rni ham o’zgaradi. U intellektual markaz sifatida, yangi texnologiyalar ijodkori, axborotning asosiy yaratuvchisi va iste’molchisi sifatida maydonga chiqadi.

4-reja. Texnika va inson

Texnika falsafasida inson va texnika o’rtasidagi o’zaro munosabat markaziy o’rin egallaydi. Texnika o’z-o’zicha mavjud bo’lolmaydi, u faqat «inson-texnika» tizimining tarkibiy qismi sifatida ma’no-mazmunga ega bo’ladi. Buni texnika taraqqiyotining butun tarixi ham tasdiqlaydi. Insoniyat tadrijining barcha bosqichlarida texnika inson faoliyatining narsa-ashyolarda ifodalanadigan natijasi, inson turmush tarzi va uning tadrijining o’ziga xos xususiyatlarini amalga oshirishdan iboratdir. Texnikada inson borlig’ini ramziy va shu bilan birga rasional tashkil etish ko’zga tashlanadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha texnika insonning ramziy borlig’idir, lekin bu aynan inson borlig’idir9.


Hozirgi voqyelikda inson o’zini axborot texnologiyalarida ramziy ifoda etadi, o’z navbatida raqamli texnika ham ramziy jihatdan insonga o’xshash tizim hisoblanadi. Bugungi kunda kompyuter insonning ikki ming yillikdagi imkoniyatlari ramzidir.
Texnika falsafasi inson va texnika o’rtasidagi munosabatlarning salbiy tomonlariga ham e’tibor qaratadi. Texnikaviy taraqqiyot inson tomonidan tabiatning o’zlashtirishdagi navbatdagi yutuqlardan birigina bo’lib qolmadi. Bu taraqqiyot atrof muhitga haloqatli ta’sir ko’rsatadi, inson tomonidan atrof olamni anglash xususiyatini ham o’zgartirib yuboradi. Texnika taraqqiyoti natijasida inson va tabiatni bir-biridan ajratuvchi yangi soha yuzaga keladi. Fransuz sosiologi J. Ellyulning taxminicha, tabiat endilikda bizning ko’rkam muhitimiz bo’lolmaydi. Texnikaning o’zi yaxlit yashash makoniga aylanadi, inson ana shu makonning ichida yashaydi10. Olimlarning tili bilan aytganda – texnomakon shunday makonga aylandiki, inson unda nemis faylasufi M. Xaydeger ta’biri bilan aytganda o’zining asil mavjudligidan voz kechadi.
Ispaniyalik faylasuf Ortega-i-Gasset insonning texnika bilan aloqasini tahlil etib, uning ikkiyoqlama ekanligini ko’rsatadi. Texnika o’z oldiga maqsad qo’ya olmaydi,u yo ezgulikka yoki yovuzlikka xizmat qiladi, shu sababli texnikani yo’naltirib turish kerak deb hisoblaydi texnika falsafasi sohasidagi taniqli mutaxassis K.Yaspers. Insonning o’zi texnikaga mazmun bag’ishlashi to’g’risidagi fikr mazkur mulohazalardan kelib chiqadigan umumiy xulosaga aylanadi. Jahondagi hozirgi texnikaviy faoliyat tadrijiy jarayonning bir qismiga, inson esa tadrijning ishtirokchisiga aylanadi. Shu sababli, nemis faylasufi A.Xuning fikricha, biz ishtirokchi sifatida dunyoning kelajagi uchun mas’uldirmiz. Shu bilan birga bizning mas’uliyatimiz to’xtovsiz o’sib bormoqda11. Insonning texnika taraqqiyoti oqibatlari, texnikadan foydalanish natijalari uchun javobgarligi to’g’risidagi masala texnika falsafasining yana bir muhim masalasi hisoblanadi. Bu masala texnika falsafasi alohida bo’limlarining – texnoetika va texnikani baholash bo’limlarining vujudga kelishida o’z ifodasini topdi. Birinchi marta o’tgan asr 60-yillarining oxirida AQShda istefoda etilgan texnikani baholash hozirki kunda sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Texnikani muntazam baholab borish, texnikaviy ta’sirlarning noxush oqibatlarini bartaraf etishning alternativini (muqobilini) va yo’llarini izlab topish – texnikani baholash mohiyatini tashkil etadi.
Texnoetika texnikaning salbiy oqibatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida insonning texnikaviy faoliyatini tartibga soluvchi etika talablari tizimidan iboratdir. Yangi texnologiyalar: yadroviy, fazoviy, axborot texnologiyalari, biotexnologiyalar rivojlanishi bilan texnikaviy faoliyatni tartibga solish masalasi tobora dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Sanab o’tilganlar orasida ayniqsa axborot texnologiyalari jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda va u o’ziga faylasuflar e’tiborini ko’proq talab etadi.


1 Ќар: Ч. Дарвин. асар. М-Л: 1931. 3 том 666-б.

2 Ќар: У.М. Абидов, С.Л. Нигай, Р.Р.Бурнашев. Основи философии.

3 В. И. Вернадский. Живое сушество. М; 1976. 77-б.

4 Spengler O Der Mensh und die Technik: Beirtrag zu einer Philosophi des Lebens. Vunchen, 1932.- Цит, по кн. Тавризян Г.М. Техника, кулььтура, человек. М., 1986. 5-б.

5 Тавризян Г.М. Техника,культура, человек. М., 1986.5-б.

6 Философия. Под ред. В.Д.Губина, Т.Ю.Сидориной, В.П.Филатова. М., 1977. 256-б.

7 Канке В.А. Философия. Исторический и систематический курс. М., 2000. 272-б.

8 Горюнов В.П. Природа и техника (социологические и методологические проблемы комплексности материально-технического развития).Л., 1980. 4-б.

9 Канке В.А. Философия. Исторический и систематический курс.М., 2000. 275-б.

10 Новая технократическая волна на Западе. М., 1986. 147-б.

11 Философия техники в ФРГ. М., 1989. 406-б.

Yüklə 38,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin