Tadbir ssenariysi



Yüklə 21,16 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü21,16 Kb.
#38680
1   2   3
jannat onalar oyogi ostida mavzusida

3- o‘quvchi: — Ona borki, hayot bardavom.

4- o‘quvchi: — Ona borki, oila charog‘on.

5- o‘quvchi: — Ona borki, olam bor.

6- o‘quvchi: — Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib, oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona ular.

7- o‘quvchi: — Oyog‘imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.

8- o‘quvchi: — Buning sababi nimada, ne uchun onalar farzand qoshida bu qadar parvona?

9- o‘quvchi: — Kerak bo‘lsa, farzandi uchun jonini fido qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta.

Hamma: — Bu — onalik mehridir.

— Sendan yuksak nima bor, yulduz?

— Onalar mehri.

— Sendan keskir nima bor, olmos?

— Onalar qahri.

— Qaydan olding otashni, quyosh?

— Ona qalbidan.

— Po‘lat, qaydan senda zo‘r bardosh?

— Ona sabridan.

— Senmi, ko‘klam, hayotbaxsh fasl?

— Yo‘q, Ona izi.

— Senmi, totli, shifobaxsh asal?

— Yo‘q, Ona so‘zi.

— Dengiz, nedir kenglikda tanho?

— Ona og‘ushi.

— Sendan shaffof ne, tonggi ziyo?

— Ona nigohi.

— Baxsh beruvchi senmisan, hayot?

— Yo‘q-yo‘q, Onalar.

(«Kelinlar qo‘z­g‘oloni» spektaklidan sahna ko‘rinishi).

Onalar bolalari bilan chiqib, she’r aytishadi. Bunda qobiliyatli o‘quvchilar onalar rolini ijro etishadi.



1- ona:

O‘g‘lim toleingda                          

                   ikkinchi onang,

Boshingda parvona

                 mualliming bor.

U bilan yorug‘dir

               qorong‘u xonang,

U to‘shar umringning yo‘llariga



2- ona:

Men senga shunchaki ko‘zlar

                             berganman,

Muallim o‘rgatar ko‘ra olmoqni.

Dilbandim, men senga ona

                            bo‘lganman,

Senga u o‘rgatar ona

3- ona:

Men senga tilingni berganligim

                                     rost,

Dono so‘zlamoqni u o‘rgatadi.

Men senga qo‘llaring

               berganligim rost,

Qalam ushlamoqni u o‘rgatadi.

4- ona:

Men senga sut berdim,

                     u esa — ziyo,

Uningsiz yo‘llaring bo‘lmas

                         oydin, oq.

Seni sevmog‘imni biladi dunyo,

Ammo u sevadi mendan

5- ona:

Go‘daklik chog‘ingda

             bo‘lganman bedor,

Ham senga baxshida

                 etganman hayot.

U esa yashashni o‘rgatar

                         ming bor,

Seni deb bezovta yashar


1- o‘quvchi: — Aziz, mo‘tabar onajonlar, sevimli buvijonlarimiz, hurmatli mehribon o‘qituv­chilarimiz, munis opajonlar-u jajji singiljonlar! Sizlarni 8- mart — Xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

2- o‘quvchi: — Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!

3- o‘quvchi: — Doim shunday go‘zal va xushchaqchaq bo‘lib yuring!

4- o‘quvchi: — Labingizdan kulgu, chehrangizdan tabassum hech arimasin!

5- o‘quvchi: — Biz, bola­laringiz baxtiga doim...

Hamma: — Sog‘-omon bo‘ling­lar!

Ona huzuriga shoshilib intiq,

Poylarin tavof etmoqlik kerak.

Onaday mehribon, onaday

                               mushfiq,

Toki ko‘ksimizda urarkan yurak.

Munis onalarning aksi-tal’ati,

Ko‘rinar farzandning bo‘yi-

Ona bu — dunyoning noyob

                              xilqati,



Hamma: Jannat — onalarning oyog‘i ostida.

(«Qiz bolaning ibolari chiroyli» raqsi).

О‘qituvchi o‘zining dil so‘zlarini izhor etadi.



(Yakunlovchi ashula «Оnalar mo‘tabar»).
Yüklə 21,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin