2015 yil 14 mart - Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda parlamentning quyi palatasida “Demokratik kuchlar bloki”ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga ko‘ra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari qo‘shma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi.