2015 yil 12 dekabr - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Asosiy vazifamiz – jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat” mavzuidagi ma’ruzasini har tomonlama o‘rganishga, O’zLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llariga qaratildi.