2006 yil 7 dekabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
2007 yil 6 noyabr – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining IV S’ezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi saylovda O`zLiDePdan nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Partiya S’ezdi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur yig‘ilishda I.Karimov «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – oliy saodatdir» nomli ma’ruza bilan ishtirok etdi.