2007 yil 27 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan saylovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Islom Abdug‘aniyevich Karimov g‘alaba qozondi.
2008 yil 20 sentabr – O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida»gi masala ko‘rib chiqildi.