Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar,
quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o‘lchov uskunalari, laboratoriya
jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa
asbobuskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari
kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko‘priklar, neft quduqlari, ko‘mir koni qatlamlari va
shunga o‘xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli
kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari
kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug‘ qozonlari va boshqalar kiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo‘lib ishchi mashinalar va uskunalar
hisoblanadi. Ularga yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari
kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina
va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil,
temir yo‘l, havo yo‘llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yonilg‘i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va
qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun kerak
bo‘lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim
tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot,
kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil qiladi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko‘mir, gaz va boshqalar),
qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xom ashyoni tashkil qiladi.
Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o‘tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga
mo‘ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo‘lajak tayyor mahsulot (temir,
yog‘och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bo‘yoq, tugma va
boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish
jarayoniga yordamlashadi. Asbobuskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma
fondlarga kiritiladi. Asbobuskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo‘lsa, u aylanma
fondlarga taalluqlidir. YArim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o‘zida tayyorlangan
turlariga bo‘linadi. YArim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo‘lmagan bo‘lib, uni
boshqa sex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab
chiqarish tugallanmagan mahsulot bo‘lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o‘z ishchi
joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo‘linmasiga
berilmay, shu sexning o‘zida qiyomiga etkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to‘xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni
tayyorlashdagi xarajatlar bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga
kiritiladi.
Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanishbilishlar
orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy
xususiyatlari hisobga olinadi.
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan
mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to‘playdi.
Dostları ilə paylaş: