Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir.
Kapitalning ko‘payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‘ozlar
bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor
tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‘ozlarning kopirovkasi o‘tkaziladi.
Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo‘limi mutaxassislari birja orqali o‘tayotgan barcha
qimmatbaho qog‘ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar.
Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga
binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu
narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun
asos bo‘ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan ahvolni o‘ziga xos ravishda aks
ettiradi.
SHu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‘ozlar
savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kreditmoliya institutlarining
yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‘ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar.
Qimmatbaho
qog‘ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat
obligatsiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar umumiy hajmidagi salmog‘i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ham fond birjalari o‘z faoliyatini amalga oshirib
kelmoqda. «Andijon» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar savdosi
bilan shug‘ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati, 1994 yil aprelda «Toshkent» respublika
universal tovarfond birjasi tarkibidagi fond bo‘limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishini ta’minlaydi, ularning
bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi
bo‘lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha
tadbirlar ko‘rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo‘lib, 2030 yillarda veksellar,
depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo‘lgan. 1995 yildan esa bunday qimmali qog‘ozlar
«Andijon» respublika fond birjasi orqali sotila boshlandi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va
jamg‘arma sertifikatlari chiqarildi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do‘konlari tarmog‘i vujudga
keltirildi. Ularning soni 55 taga etdi.
1995 yilda «Andijon» fond birjasi EvropaOsiyo fond birjalari federatsiyasi a’zoligiga
qabul qilindi.