va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda
qo‘llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko‘p yillar mobaynida bozor
iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati
statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming
kishi band bo‘lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot
va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi.
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash
uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir).
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o‘quv, axborot,
ilmiytekshirish muassasalar tijorat asosida bajaradilar. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy
sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega bo‘lgan, yuqori intellektual, bozor
iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildanyilga ko‘payib
bormoqda. Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy
iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqdalar. Aytish lozimki, chet el konsalting
firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting firmasi xodimining bir
kunlik o‘rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil qiladi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo‘lishi mumkin. Menejment bo‘yicha Evropa
maslahatchilar ma’lumotko‘rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko‘rsatilgan. Ular
quyidagi 8 ta guruhga bo‘lingan: umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy
boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus
xizmatlar.
Dostları ilə paylaş: