Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat sohalari
va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi asosida tarkib
topadigan yirik ko‘p tarmoqli korporatsiya. Konsern tarkibiga sanoat, transport, savdo, bank kabi
tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joylashgan unlab va
yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkshyutlar
orasida o‘zaro korporatsiyalangan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida
umumiy moliyaviy resurslardan va yagona ilmiytexnik imkoniyatlardan mushtarak
foydalanadilar.
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan
korxonalarning muvaqqat birlashmasidir.
Konsorsium a’zolarining huquq va majburiyatlari konsorsium to‘g‘risidagi bitimda
belgilab qo‘yiladi. Qo‘yilgan vazifani bajarish uchun konsorsium ishtirokchilari
badallari hisobidan yagona moliyaviy va moddiy fondlar barpo etadilar, byudjet
mablag‘lari va davlat bankidan kreditlar oladilar. Vazifa bajarilgach, konsorsium
tarqaladi. Konsorsiumlarga boshqaruv bo‘yicha qo‘mitalar, direktorlar kengashi kabilar
boshchilik qiladi. Konsorsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak
texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalarda keng tarqalgan.
Konsessiya – bu lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, ruxsat, yon berish ma’nosini anglatadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida davlat
yoki munitsipalitetga qarashli er uchastkalari, qazilma boyliklar, mol-mulk, korxonalar va
boshqa xo‘jalik ob’ektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik
investorga davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki
kelishuv. Konsessiyachilik faoliyatida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar O‘zbekiston
Respublikasining «Konsessiyalar to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinib turiladi.