Denov tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (yoki ota ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan ShARTNOMA
{date.day}«{date.month}»{date.year} yil.
{number}-son
Denov tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi rahbari Badalova Dilfuza Baxromovna bir tarafdan va 2018-yil 01-martda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Ismoilova Zilola Xurshidovna (bolaning tug‘ilgan yili va F.I.O.) ning (bundan buyon matnda tarbiyalanuvchi deb yuritiladi) otasi (onasi) bolaning onasi Bovalova Kamola Yusupovna.(bolaning otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.) (bundan buyon matnda ota-ona deb yuritiladi) ikkinchi tarafdan, birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagi mazmunda tuzdilar:
I. ShARTNOMA PREDMETI 1. Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim-tarbiya berish, sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa tarbiyalanuvchini tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun badal to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni hamda tashkilotning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, avvalambor, sanitariya-gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
Bunda tashkilotning moddiy-texnika bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5 foizidan oshmasligi lozim.