Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган


IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 56,38 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü56,38 Kb.
#174455
1   2   3   4   5
Боғчалар бўйича Ота Оналар шартномаси (3)

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
14. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
V. ShARTNOMANI O‘ZGARTIRISh VA BEKOR QILISh
15. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
16. Mazkur shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
17. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo‘l qo‘yiladi.
VI. NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI
18. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
19. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
20. Ushbu shartnoma bo‘yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko‘ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
21. Taraflar o‘rtasida o‘zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi.
22. Mazkur shartnomada ko‘zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
VII.KORRUPSIYAGA QARSHI QOIDALARINING ASOSIY SHARTLARI.
23.Tomonlar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan pora, ya’ni davlat tashkiloti xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yohud mumkinligi uchun moddiy qimmatliklarni yoki mulkiy naf olish uchun quyidagi harakatlarni qilmaydi:
-pora berishni taklif qilish yoki va’da berish;
-tovlamachilik qilish;
-pora sifatida pul to‘lash;
-bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik berish. Tomonlar ushbu harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat beradi.
24.Agar shartnoma bo‘yicha bir tomon davlat tashkiloti xodimining axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zid keladigan xatti-harakatlariga, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat bo‘lgan faktlarga duch kelsa, bu haqda quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali xabardor qilishi kerak:
-korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan ishonch telefoni;(1007,1008)
-Telegram-kanali davlat tashkilotining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan shakl yoki elektron pochta.

Yüklə 56,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin