ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xom ashyo manbaini qo‘lga kiritish;
ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengayganligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo‘lganligi;
mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
qo‘shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarini
kamaytirish imkoniyati.
Qo‘shma korxonalar o‘zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar
asosida tashkil qilinib, ilmiyishlab chiqarish, ilmiytexnik va boshqa vazifalarni echishga
qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, savdo, fan va xalq xo‘jaligining
boshqa sohalarida tarkib topishi mumkin.
Qo‘shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib,
maxalliy xom ashyo va ish kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona o‘zining mustaqil balansiga ega
bo‘ladi va xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya,
Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, YAponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan
hamkorlikda qo‘shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.
Dostları ilə paylaş: