Potensiometrlar



Yüklə 174,2 Kb.
səhifə1/3
tarix03.04.2023
ölçüsü174,2 Kb.
#92639
  1   2   3
Potensiometrlar


Potensiometrlar
Asboblarga o‘lchash aniqligi nuqtai nazaridan qo‘yiladigan talablar oshganligi sababli hozir haroratni termojuft bilan o‘lchashda millivolьtmetrlardan foydalanishdagi kamchiliklardan holi bo‘lgan kompensatsion yoki potensiometrik usul tobora keng qo‘llanilmoqda.
Potensiometrik o‘lchash usuli millivolьtmetr yordamida olib boriladigan o‘lchashdan ancha afzaldir: potensiometrning ko‘rsatishi tashqi zanjir qarshiliklarining o‘zgarishiga, asbob haroratiga bog‘liq emas. Potensiometrda termojuft erkin uchlari haroratining o‘zgarishiga avtomatik ravishda tuzatish kiritiladi, shuning uchun, o‘lchash aniqligi yuqori bo‘ladi. Potensiometrik o‘lchash usuli o‘lchanayotgan termojuft TEYUK ini potetsiallar ayirmasi. bilan muvozanatlashtirishga asoslangan. Bu potensiallar ayrmasi kalibrlangan qarshilikda yordamchi tok manbaidan hosil bo‘ladi. Potensiallar ayirmasi termojuft TEYUK ning teskari ishorali qiymatiga teng.
Harorat yoki TEYUK ni o‘lchash uchun ko‘llaniladigan, qo‘l bilan muvozanatlashtiriladigan potensiometrning prinsipial sxemasi 2.9-rasmda ko‘rsatilgan.
Tok yordamchi E manbadan zanjirga o‘tadi. Bu zanjirning b va S nuqtalari o‘rtasida Rr o‘zgaruvchan qarshilik — reoxord ulangan. Reoxord L uzunlikdagi kalibrlangan simdan iborat. b nuqta va oralikdagi reoxordning sirpanuvchi kontaktli sirpang‘ichi joylashgan har qanday D nuqta o‘rtasidagi potensiallar ayirmasi RbD qarshilikka to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Ketma-ket ulangan termojuft bilan almashlab ulagich P orkali sezgir nolь indikator NI ulanadi, termojuft zanjirida tok borligi shu indikator orkali aniqlanadi. Termojuftning toki Rbd tarmoqda yordamchi manba toki bilan bir yo‘nalishda yuradigan qilib ulanadi. TEYUK ni o‘lchash uchun reoxord sirpang‘ichi nolь indikator strelkasini nolni ko‘rsatguncha suradi.


2.9 – rasm. Qo‘l bilan muvozanatlashtiriladigan potensiometr sxemasi

Ayni paytda RbD karshilikdagi kuchlanishning kamayishi o‘lchachayotgan TEYUK ga teng bo‘ladi. Quyidagi tenglama bu holatni xarakterlaydi:


E(t,t0)-I·RbD=0 (2.35)
yoki
E(t,t0)=I·RbD (2.36)
bu erda, I RbD—-E manba kuchlanishining tarmoqdagi tushuvi.
Zanjir tarmog‘idagi tok kuchi butun zanjirdagi tok kuchiga teng,
demak:
(2.37)
bundan,
(2.38)
Kompensatsiya paytida Ub,D=E(t,t0) nazarda tutilsa;
(2,39)
Reoxord kalibrlangan qarshilikka, ya’ni uning xar bir uzunligining teng tarmog‘i bir xil qarshilikka ega bo‘lgani uchun
(2,40)
SHunday qilib, E(t,t0) termojuftning TEYUK reoxord karshiligi RBC tarmog‘idagi kuchlanish tushuvi miqdori bilan aniqlanib, qolgan qarshiliklarga bog‘liq emas. RBC reoxord shkala bilan ta’minlanishi va shkala bo‘linmalari millivolьt yoki harorat birliklariga teng bo‘lishi mumkin. TEYUK ni o‘lchash aniqligi reoxord zanjiridagi I tok kuchining o‘zgarmasligiga bog‘lik. Tok kompensatsion usul bilan beriladi va nazorat qilinadi. Buning uchun potensiometr sxemasiga normal elementli qo‘shimcha kontur kiritiladi. Odatda, normal element (NE) vazifasini simob-kadmiyli galьvanik Veston elementi bajaradi. Bu elementning elektr yurituvchi kuchi20°Sda 1.0183V ga teng. NE almashlab ulagich P orqali qarshilik RNE uchlariga ulanadi va uning EYUKi yordamchi tok manbai E ning EYUKi tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Qarshilik R yordamida kompensatsion zanjirdagi tok kuchini rostlash bilan NI ning strelkasi nolni ko‘rsatishiga erishiladi. Bunday holda kompensatsion zanjirdagi tok kuchi quyidagicha ifodalanadi
(2.41)
Termojuftning TEYUK ni o‘lchashda P almashlab ulagich I vaziyatdan O‘ vaziyatga o‘tkaziladi. Reoxord RR ning D sirpang‘ichini siljitib b va s nuktalar orasidagi potensiallar ayirmasini termojuft TEYUK iga tenglashtiriladi. SHu paytda termojuft zanjiridagi tok kuchi 0 ga teng, shuning uchun,
(2.42)
ENE va Rne larning qiymati o‘zgarmas bo‘lgani uchun TEYUK ni aniqlash qarshilik tarmog‘ining uzunligini aniqlash bilan baravardir.
EYUK ni kompensatsion usul bo‘yicha o‘zgaruvchan tok sharoitida ham o‘lchash mumkin. Ammo bu holda o‘lchash aniqligi birmuncha pastroq, o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan asboblar esa birmuncha murakkabroqdir. Ko‘chma potensiometrlarssex va laboratoriya sharoitlarida tekshiruv va darajalash ishlarida EYUK ni kompensatsion usul bo‘yicha o‘lchash uchun qo‘llaniladi; namuna potensiametrlar aniq o‘lchashlarda ishlatiladi. Bu asboblarning o‘lchash sxemalari yuqorida ko‘rilgan sxemaga o‘xshash, faqat farqi shundaki, o‘lchov reoxordi namuna qarshiliklardan tashkil topgan seksiyalar shaklida tayyorlanadi.



Yüklə 174,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin