Potensiometrlar


Avtomatik potensiometrning tuzilish sxemasi



Yüklə 174,2 Kb.
səhifə2/3
tarix03.04.2023
ölçüsü174,2 Kb.
#92639
1   2   3
Potensiometrlar

2.10 – rasm. Avtomatik potensiometrning tuzilish sxemasi.
YUqorida ko‘rilgan potensiometrlarda o‘lchash zanjirining nobalans toki nolь indikator asbobi strelkasini xarakatga keltiradi, avtomatik potensiometrlarda esa bu asbob yo‘q. Uning o‘rniga elektron blok ishlatiladi.
Ko‘chma potensiometrlardan farqli o‘larok, avtomatik potensiometrlardagi reoxordning sirpang‘ichi qo‘l bilan emas, balki maxsus qurilma orqali avtomatik ravishda siljiydi. 2.10-rasmda avtomatik potensiometrning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan.
TP termojuftli TEYUK Ex ni o‘lchash uni kalibrlangan RP reoxord kuchlanishining kamayishi bilan taqkoslash orqali bajariladi. Potensiometrning kompensatsion sxemasi sirpang‘ich K li reoxord Rr, o‘zgarmas kuchlanish Ex ni o‘zgaruvchan kuchlanishga aylantirib beruvchi elektron kuchaytirgich 1, reversiv elektr dvigatelь 2 va tok manbai Ea dan iborat. Elektr dvigatelь 2 reduktor 3 orqali sirpang‘ich K va strelka 4 bilan bog‘langan. Kompensatsion sxemaning sirpang‘ichi reoxord bo‘ylab kuchlanish tushuvi tomon avtomatik siljiydi. Bu siljish reversiv elektr dvigatelь RD yordamida bajariladi va nomuvozanat (kuchlanish nolga teng) bo‘lgunicha davom etadi. SHunday qilib sirpang‘ich K va unga biriktirilgan strelkaning vaziyati TEYUK ning qiymatini, demak, o‘lchanayotgan haroratni ko‘rsatadi. Qarshilik R kompensatsion zanjirdagi ish tokini rostlash uchun xizmat qiladi.
2.11-rasmda zamonaviy avtomatik potensiometr (KSP-4) o‘lchash qismining prinsipial sxemasi keltirilgan. Potensiometr o‘lchash ko‘prigining diagonallaridan biriga elektron kuchaytirgich EK va termojuft TP ketma-ket ulangan. Termojuftni ulash elektromagnit maydon ta’sirini kamaytirish uchun mo‘ljallangan filьtr (rasmda filьtrning Rf — Sf sodda sxemasi ko‘rsatilgan) orqali bajariladi. O‘lchash ko‘prigining ikkinchi diagonaliga stabillashgan tok manbai STM ulanadi. Bu manba o‘lchash zanjiridagi ish tokining o‘zgarmasligini ta’minlaydi.
Termojuft TP dan (yoki biron boshqa datchikdan) olingan o‘lchash axboroti signalining o‘zgarishi bilan elektron kuchaytirgichning kirishiga nobalanslik signali beriladi. Bu signal ma’lum bir o‘zgartgich orqali o‘zgaruvchan tokka aylanib, reversiv dvigatelь RD aylanish holatiga kelguncha kuchayadi. Reversiv dvigatelning aylanish yo‘nalishi nobalanslik ishorasiga bog‘liq. Bu aylanish natijasida mexanik uzatma (shkiv yoki tros) yordamida Rr reoxord sirpang‘ichi nobalanslik signali o‘chguncha siljiydi.

2.11 – rasm.
Yüklə 174,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin