Tadbirkorlik faoliyati va shakllari


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirishi va rag’batlantirilishi



Yüklə 19,28 Kb.
səhifə2/9
tarix13.04.2023
ölçüsü19,28 Kb.
#97137
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tadbirkorlik faoliyati va shakllari

O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirishi va rag’batlantirilishi
2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). Mamlakatda band aholining 78,3 foizi kichik biznesda faoliyat yuritmoqda, vaholanki 2000 yilda ushbu ko‘rsatkich 49,7 foizni tashkil etgan. Kichik biznesning sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 2000-yilda 12,9% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda ushbu ko‘rsatkich 39,6% ni tashkil etdi, qishloq xo‘jaligida - 99% ni, qurilish sohasida - 65,1% ni, chakana savdo aylanmasida - 88,4% ni tashkil etdi. Kichik biznesning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 27% ni, importda - 50% ni, investitsiyada esa - 32% ni tashkil etdi. Amaldagi qonunchilikka binoan, yillik o‘rtacha xodimlar soni qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida - 50 kishigacha, sanoatda faoliyat turiga qarab - 100 dan 270 kishigacha; savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida - 25 dan 50 kishigacha ishchilarga ega bo‘lgan sub'yektlar kichik korxonalar tasnifiga kiradi. Respublikmizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:
1. Kichik biznes sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro‘yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.

2. Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.


3. Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro‘yxatdan o‘tgan kunidagi soliq va majburiy to‘lovlar stavkasini qo‘llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko‘proq yer maydoniga ega bo‘lgan kichik korxonalar yagona er solig‘i to‘lashi belgilab qo‘yildi.
4. Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo‘yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag‘larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash*.
5. Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas'ul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O‘zbekistonda kichik biznes sub'yektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo‘jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik sub'yektlari ma'muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan**.



Yüklə 19,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin