BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda.
“Bokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi. “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”
Angliya bankining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir” . Bir so‘z bilan aytganda, Blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir.
Shu o‘rinda, blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq, uning faoliyatini tashkil etishdagi asosiy tushunchalarga, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin.