Tadbirkorlik va boshqaruv


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 34,57 Kb.
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü34,57 Kb.
#120764
növüReferat
1   2   3   4   5
bank innovatsiyalari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bank tizimida ketma-ketlikning uzilishi kutilayotgan daromadning kelmasligiga, bu esa barqarorlik va likvidlilik darajalarining pasayishiga olib keladi. Bugungi kunda banklarimizda amalga oshirilayotgan operatsiyalar kesimini tahlil qilsak, aktiv operatsiyalar tarkibida faqatgina kredit va lizing operatsiyalarida 15,02 foizga o’sish kuzatilgan, bu, albatta, ijobiy holat, biroq boshqa daromad keltiradigan aktiv operatsiyalar tarkibida faqat pasayish kuzatilgan bularga: oldi-sotdi amaliyotlari bo’yicha mablag’lar, yaʼni qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar bo’lib, bu banklarimiz kredit berish bilangina cheklanib qolayotgani, diversifikatsiya siyosatining mavjud emasligidan dalolat beradi.
Bunday holatni passiv operatsiyalarda ham ko’rish mumkin. Talab qilib olinguncha depozitlar salmog’i 60 foizdan ziyodni, muddatli depozitlar esa 20 foizdan ziyodni va jamg’arma depozitlari 10 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Ushbu holat bugungi kunda banklarimizdagi depozitlar tarkibida balans yo’qligini, bu o’z o’zidan depozitlar salmog’ida yuridik shaxslarning moliyaviy mablag’lari asosida shakllantirilganidan va yuqori risk asosida faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi.
Bir omilning ikkinchi omilga bog’liqligini hisobga olsak, ushbu muammolarni hal etishda, bank tizimidagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vazifa sifatida moliyaviy xizmatlarning salmog’ini oshirish, ularni innovatsion tarzda boshqarish, bank infratuzilmasini takomillashtirish va daromad olishiga taʼsir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish talab etiladi. Chunki xorij amaliyotida banklar 300 dan ortiq operatsiyalarni amalga oshirishini ko’rishimiz mumkin. Mamlakatimizdagi tijorat banklari faqatgina kredit berish va depozitlarni qabul qilish bilangina chegaralanib qolmoqda. Shuning uchun moliyaviy xizmat turlarini ko’paytirish, bankning daromad manbalarini kengaytirish asoslarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda banklarda taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarining ommaboplik darajasini o’rganish lozim. Chunki taqdim etilayotgan xizmat, yaʼni bank mahsuloti o’z xaridoriga egami, talablarga javob beradimi, mijozning ushbu xizmat turidan foydalanish bilimi mavjudmi, o’zlashtirish ko’rsatkichlari qay darajada vashu kabi ko’pgina savollarga javob topish, ularni tahlil qilish va samarali yechimini taklif etish bankning daromad olishini taʼminlaydi
Buning uchun esa bank mijozlarining ushbu xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari qay darajada ekanligini o’rganish talab etiladi. Shu bilan birga, tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo’yicha mamlakatimiz iqtsodchi olimlarining nazariy yondashuvlariga eʼtibor qaratsak, O.F. Aliqoriyev: “Bank xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining optimal bajarilishiga ko’maklashuvchi bank faoliyatining ko’rinishi”, deb taʼkidlaydi. Xorijiy iqtisodchi olimlardan A.N.Azriliyan “Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini jalb qilish va foydalanish bilan bog’liq faoliyat”, deb taʼriflaydi.[3] Yana bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya “banklarning maslahat xizmatlarini balansdan tashqari amaliyotlarga qo’shadi, chunki ularni taqdim etish aktiv va passivlarning o’sishiga olib kelmaydi, to’lov esa komission mukofot pulidan iborat bo’ladi”, deb taʼriflaydi. Amerikalik olim P.S.Rouz bank xizmatlariga pul zaxiralarini boshqarish, isteʼmol krediti, naqd pul oqimlarini boshqarish, lizing, pensiya rejalarini sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan.[2]
Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan birga, bank foydasini oshirishga yo’naltirilgan xizmat sifatida taʼriflanadi. Ushbu taʼriflarni umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va bankning daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz mumkin.
Bundan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol namoyon bo’ldi. Yuqorida keltirib o’tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy bog’liqligi, yaʼni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarning ko’lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish imkoniga ega bo’lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik
darajasiga va barqarorligiga ijobiy taʼsir ko’rsatadi.Moliyaviy xizmat turlari ommabopligini taʼminlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo’lamiz. Ayniqsa, qishloq joylarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish: aholining real talablarini o’rganish, mavjud resurslar, imkoniyatlarga mos ravishda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob beruvchi texnologiyalar bilan taʼminlash, mijozlar ongini oshirish, xodimlar saviyasini ko’tarish va ommaviy axborot vositalarining tijorat banklari bilan uzviy faoliyatini yo’lga qo’yish asosida erishiladi. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qamrovli tashqi omillar taʼsirida quyidagi tendensiyalar: yangi axborot texnologiyalari bazasida yangi bank mahsulotlari va xizmatlari; virtual bank va moliya texnologiyalari: bank hisobraqamini boshqarish, naqd pulli hisob-kitoblar, elektron imzo, shartnomalar tuzish, moliyaviy tashkilotlar; yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan elektron va aralash marketing uchun majmuaviy foydalanish; ichki axborotni yig„ish, saqlash va tahliliy qayta ishlash; ichki nazorat va auditning yangi imkoniyatlari; bank mutaxassislari malakasidagi o’zgarishlar: mahsulot-menejer, brend-menejer, maslahatchi, tranzaksiyalar bo’yicha mutaxassis; yangi o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish avtomatlari aniqlanadi.
Tijorat banklarining aktiv va passiv instrumentlaridan foydalangan holda bank xizmatlari sifatini oshirish hamda mijozlarni jalb etish yo’li bilan aktiv operatsiyalarni samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirish, aktivlarni sekyuritizatsiyalash, avtomatlashtirish, “New Privat” hamda masofaviy boshqaruv innovatsion usullarini aktiv operatsiyalarga yo’naltirish orqali boshqarishning innovatsion uslubini ishlab chiqish, aktivlarni sekyuritizatsiyalashda davlat dasturiga muvofiq berilgan kreditlar asosida ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish orqali tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari va daromadliligini oshirish taklifi asoslangan. Natijada, quyidagi xulosalar berilgan: Bank xodimlari va mijozlar fikrini o’rgangan holda mijozlarni bankka jalb etishda innovatsion xizmat turlarini yanada keng joriy etish, mijozlarning vaqtini tejash maqsadida banklarda keng miqyosda barcha hujjatlashtirish ishlari bo„yicha onlayn rejimga o’tish choralarini ko’rish, aholi va xo’jalik subʼektlarining bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshiradi. Aktivlarni sekyuritizatsiyalashni qo’llashda: “Aktivlarni sekyuritizatsiyalash to’g’risida”gi Qonunni qabul qilish, qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini kengroq yoritish va resurslar jalb etish jozibadorligini oshirish maqsadida, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali aholiga aktivlarni sekyuritizatsiyalash amaliyotini targ„ib qilish. New Privat usuli orqali bank tizimiga zamonaviy xizmat turlari kiritiladi. Bu esa, mijozlarni jalb etish va bank daromadlarining ko’payish omili hisoblanadi .

Yüklə 34,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin